Kontent qismiga oʻtish

Ivana Tomljenović-Meller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivana Tomljenović-Meller
Tavalludi 1906-yil
Vafoti 1988 (yoshi 81–82)
Zagreb, Yugoslaviya SFR
Fuqaroligi Xorvatiya
Taʼlimi
Kasbi Grafik dizayner, rassomchilik ustozi
Turmush oʻrtogʻi Alfred Meller m.1932-1935 (oʻlimiga qadar)

Ivana Tomljenović-Meller (1906 – 1988), tugʻilgan vaqtdagi ismi: Ivana Tomljenovich, Zagreblik grafik dizayner va sanʼat oʻqituvchisi boʻlib, Germaniyadagi Bauhaus sanʼat maktabida tahsil olgan[1].

Ivana Tomljenović-Mellerning asosiy qiziqishlari fotografiya va afishalar dizayni boʻlgan. Shuningdek, u yarim professional sportchi edi[2].

Ivana Tomljenović-Meller 1924–1928-yillarda Zagrebdagi Qirollik sanʼat va hunarmandchilik kollejida, hozirgi Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasida oʻqigan va uni tugatgandan soʻng Vena shahridagi Kunstgewerbeschule (amaliy sanʼat kolleji) ga, hozirgi Vena Amaliy sanʼat universitetiga oʻqishga kiradi.

Biroq, Ivana Tomljenović-Meller 1929-yilda Dessau-Roßlaudagi Bauhausga borish uchun Vena universitetni tark etgan. Josef Albersning birinchi yillik boshlangʻich kursini oʻqib tugatgach, u Walter Peterhans tomonidan oʻqitiladigan fotografiya kursida taʼlim olishni boshlaydi[3].

Tomljenovich-Meller Bauhausdagi kundalik hayotni koʻplab norasmiy fotosuratlarda tasvirlagan, u talabalarni oshxonada, dam olish xonasida va muloqot qilish davomida suratga olgan. Bu 1920 va 1930-yillarning avangard harakati boʻlgan Neues Sehen (Yangi koʻrish)ni hujjatlashtirgan, László Moholy-Nagy va Alexandr Rodchenko tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. U noodatiy yondashuvlar va burchaklardan, yaqindan, yorugʻlik va soyadan foydalangan holatda va koʻp ekspozitsiya bilan tajriba oʻtkazish davomidagi oddiy sahnalarni suratga olishni yoqtirgan.

Uning otasi, doktor Tomislav Tomljenović (1877 – 1945) xorvatiyalik taniqli siyosatchi va huquqshunos boʻlib, u boy oʻrta sinf oilasidan chiqqan boʻlsa-da, Germaniya Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlib, siyosiy faollikka erishgan. 1930-yil avgust oyida Hannes Meyer Bauhaus direktori lavozimidan boʻshatilganida, barcha taniqli kommunist talabalar ham oʻquv dargohidan haydab chiqarilgan[2].

Keyin Tomljenović-Meller Berlinga borib, afisha dizayneri va dadaist rassom John Heartfield bilan kommunist rejissyor Erwin Piscator uchun teatr toʻplamida sahna dizayneri sifatida ishlagan. Xuddi shu davrda, u Chexiya gandbol sporti boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etgan[2]. Keyinchalik Tomljenović-Meller 1931-yilda Sorbonnada adabiyotni oʻrganish uchun Parijga koʻchib oʻtadi. 1932-yilda u Pragaga koʻchib kelgan va ROTA reklama kompaniyasi egasi Alfred Mellerga turmushga chiqqan. 1935-yilda Meller vafotidan soʻng, Tomljenovich-Meller Zagrebga qaytib keladi va keyinchalik Belgradga koʻchib oʻtadi. U oʻsha yerda afishalar dizaynidan dars bera boshlaydi. Tomljenović-Meller 1938-yilda Zagrebga qaytib, uchinchi davlat ayollar oʻrta maktabida dars beradi. U Ikkinchi Jahon urushi paytida oʻqituvchilik faoliyatini toʻxtatadi, lekin urush tugaganidan soʻng, 1962-yilda nafaqaga chiqquniga qadar oʻqtuvchilik ishini davom ettiradi.

Tomljenović-Meller 1988-yilda Zagrebda vafot etgan.

  1. Ivana Tomljenović: Bauhaus100 (Wayback Machine saytida 16 April 2019 sanasida arxivlangan) Retrieved 16 April 2019.
  2. 2,0 2,1 2,2 Otto, Elizabeth (2015) 'Good luck, Bauhaus and Berlin comrades, and see you after the Revolutionʼ in The Brooklyn Rail. Retrieved 9 January 2017.
  3. Ivana Tomljenović: Bauhaus100 (Wayback Machine saytida 16 April 2019 sanasida arxivlangan) Retrieved 16 April 2019.