Kontent qismiga oʻtish

Ivan Karpenko-Kariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Karpenko-Kariy
Tavalludi 17 (29) sentyabr 1845
Vafoti 15-sentyabr 1907-yil(1907-09-15)
(61 yoshda)
Berlin, Germaniya imperiyasi
Taxallusi Gnat Kariy, K. Adamenko
Ijod qilgan tillari ukrain tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Janr Komediya, tragediya, drama
Turmush oʻrtogʻi
  • Nadiya Tarkovska
    (turm. 1870; vaf. 1881)
  • Sofiya Tarkovska (turm. 1883)
Bolalari Mariya Toliyevich Kresan
Otasi Karpo Toliyevich

Ivan Karpovich Karpenko-Kari (haqiqiy familiyasi Tobilevich; ukraincha: Іван Карпович Карпенко-Карий ;) – ukrainalik realistik yoʻnalishda ijod qilgan dramaturg, N. K. Sadovskiy, P. K. Saksaganskiy va M. K. Sadovskaya-Barilottilarning akasi.

1845-yil 29-sentyabrda Elisavetgrad yaqinidagi Arsenevka qishlogʻida mulkdor Karp Tobilevich oilasida tugʻilgan.

Ukraina pochta markasida, 1995-yil

Tuman maktabini tamomlab, 14 yoshida kotib lavozimida ish boshlagan.

23 yil davomida Elisavetgradda shahar politsiyasi kotibi boʻlib ishlagan, u yerdan 1883-yilda inqilobchilarni pasport bilan taʼminlagani uchun ishdan boʻshatilgan va surgun qilingan.

1880-yillarda M. L. Kropivnitskiy truppasida oʻynagan va 1883-yildan ukrain tilida dramalar yoza boshlagan. 1886-yilda Xersonda uning: „Bondarivna“, „Xto vinen?“ va „Rozumniy і duren“ kabi dramalar toʻplami nashr etilgan. 1887-yilda uning „Naimichka“ (Xersonda), 1892-yilda „Martin Borulya“ („Zora“da bosilgan) dramalari nashr etilgan.

Dramalari hayotiyligi, personajlar yaxlitligi va tushunarli tilda yozilganligi bilan ajralib turadi.

Uning nomi Ukraina SSR Davlat teatr sanʼati institutiga berilgan.

1906-yilda kasal boʻlib, sahnadagi faoliyatini toʻxtatgan va davolanish uchun Berlinga ketgan. Jiddiy kasallikdan soʻng (jigar va taloq saratoni) 1907-yil 2(15)-sentyabrda Berlinda vafot etgan. Nadejda fermasi qoʻriqxona-muzeyidan unchalik uzoq boʻlmagan Karlyuzinskiy qabristoniga dafn etilgan.

  • Nadejda Karlovna Tarkovskaya bilan turmush qurgan (1882-yilgacha)[1], ushbu xotinidan yetti farzandibor: Vissarion (tugʻilgandan koʻp oʻtmay vafot etgan), Galya (1872—1882), Nazar (1874—?), Mikola va Katerina (goʻdakligida vafot etgan), Yurko (1876—1925) va Orisya (1879—1955).
  • 1883-yilda Sofiya Vitaliyevna Ditkovskaya bilan turmush qurgan. Uning qizi Mariyani asrab olgan.
    • Beztalanna
    • Bondarіvna
    • Burlaka
    • Jiteyske more
    • Martin Borulya
    • Naymichka
    • Nevolnik
    • Novobranes
    • Rozumniy і duren
    • Sava Chaliy
    • Sto tisyach
    • Xazyaїn
  1. „Надежда Карловна Тарковская (Тобилевич)“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.