Ivan Fyodorov haykali
Ivan Fyodorov haykali (ukraincha: Пам’ятник Іванові Федорову) ― Ivan Fyodorovning Lvov shahridagi haykali Podvalnoy koʻchasidagi 13-uy yaqinida joylashgan. Yodgorlik Lvovdagi birinchi noshir[1] Ivan Fyodorov sharafiga 1977-yil 26-noyabrda Ukraina yerlarida kitob chop etilishining 400-yilligini nishonlash uchun oʻrnatilgan. Ushbu yodgorlik atrofidagi hudud Lvovdagi eng katta ikkinchi qoʻl kitob bozoridir.
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivan Fyodorov haykali XVI asrda Lvov Stauropegial birodarligining bosmaxonasi ishlagan joy yaqinida joylashgan. Yodgorlik Kornyakt minorasi yaqinidagi xiyobon obodonlashtirilgandan soʻng tashkil etilgan maydonda, Uspenskaya cherkovi va Lvov viloyati davlat arxivi, shuningdek, Podvalnaya va Russkaya koʻchalari oʻrtasida joylashgan. Yodgorlik Lvovdagi eng mashhur muqaddas deb bilingan binolardan biri — sobiq Dominikan sobori fonida qurilgan. Ayni binoda bir vaqtlar, yaʼni sovet davrida „Din va ateizm tarixi muzeyi“ joylashgan. Hozir „Din tarixi muzeyi“ deb ataladi.
Haykalda tasvirlanganidek, Ivan Fyodorov bir qoʻlida kitob tutsa, ikkinchi qoʻli bilan Lvov yulkalariga bilim urugʻini sepmoqda. Yodgorlikni qurilish-montaj ishlari jarayonida bir-biriga parallel joylashgan ikkita istehkom devorlari xarobalari topildi. Bu esa yodgorlikning yakuniy joylashuvi va uning kompozitsion yechimiga taʼsir koʻrsatdi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1964-yil Moskvada Ivan Fyodorov tomonidan Moskvada chop etilgan birinchi kitobning nashr etilganiga 400-yil toʻldi. Ushbu sana bayram qilinishi doirasida Podvalnaya va Ivan Fyodorov koʻchalari orasidagi xiyobonda yaqin oʻn yil ichida Lvovda kashshof noshir haykalini qurish rejasi haqida yodgorlik plitasi oʻrnatildi.
1977-yilda Lvov haykaltaroshlari Moskvadan yodgorlikka buyurtma olishdi. Shart shunda ediki, uni ikki oy ichida oʻrnatish kerak talab etilardi. Buyutrmani qisqa vaqt ichida amalga oshirish imkonsizdek koʻrindi. Shuning uchun ham haykaltaroshlar bu muammoni oddiy sovet askarining maketini olib, unga Fyodorovning boshini yopishtirish va uning qoʻliga kitob tutqazish orqali hal qilishdi, degan mish-mishlar tarqaldi[3]. Birinchi noshir fartugida harbiy paltosini koʻrish mumkin, qolaversa, oyoqlarida kirza etik ham kiyib olgan.
Publitsist va meʼmorchilik tadqiqotchisi Pavel Shubart ushbu yodgorlikni qurish gʻoyasida nafaqat estetik ehtiyojlarni qondirish, balki Lvovning boy tarixidan individual faktlarni olgan holda Galisiya jamoatchiligi nazarida maʼnan uzoq boʻlgan kommunistik Moskva tuzumini qonuniy asoslarini mustahkamlash istagi borligini taʼkidlay[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „100 видатних імен України — Федоров Іван“. ukrcenter.com. Український центр. 15 апреля 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 мая 2022.
- ↑ „6 листопада 1977 року у Львові відкрито пам'ятник першодрукареві Івану Федорову“. orthodoxy.org.ua. Православ'я в Україні (2 декабря 2010). 2 декабря 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 мая 2022.
- ↑ Вероніка Саврук. „Жінку з оголеним пупцем у Львові прив'язали б до стовпа ганьби“. zik.com.ua. ZIK (30 сентября 2008). 2 октября 2008da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 мая 2022.
- ↑ Pavlo Shubart Postatі v pam’yatnikax staromіstya Lvova // Chornomorskі novini. — № 004 (21475). — 2014. — 16 sіchnya.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Проєкт «Інтерактивний Львів»: вул. Підвальна — пам'ятник Іванові Федорову“. lvivcenter.org. Центр міської історії Центрально-Східної Європи. 10 октября 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 мая 2022.
- „Як у Львові пам’ятник Івану Федорову відкривали“. lviv1256.com (26 ноября 2017). 10 октября 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 мая 2022.