Ivan Belyanskiy
Qiyofa
Ivan Filippovich Belyanskiy (1907—1978) — televideniye ixtirochilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1965), Oʻrta Osiyo aloqa okrugnning Toshkentdagi tajribasiiov stansiyasida ishlagan (1927 — 30). B. P. Grabovskiy bilan hamkorlikda harakatdagi tasvirni elektron nur yordamida uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot" apparatini yaratgan va lab. sharoitida sinab koʻrgan (1928). 1928-yil 4-avgustda Toshkentda jamoatchllikka oddiy "televizor" ishlab turgan holda koʻrsatildi. B. P. Grabovskiy va Belyanskiyga shu apparatlari uchun patent berilgan (1928).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Yefimov Ye.. Toshkent — televideniye vatani, T., 1966.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |