Istehzo madrasasi
Madrasa | |
Istehzo madrasasi
Pushaymon madrasasi Muhammad Nabi madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Koʻkaldosh MFY, Xoja Porso koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Nabi |
Homiylar | Muhammad Nabi |
Binokorlik | 1909—1909-yilda |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Turistik xizmat koʻrsatish obʼekti |
Hujralar soni | 15 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Istehzo madrasasi (Pushaymon madrasasi; Muhammad Nabi madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Markaziy Osiyodagi eng kichik madrasa. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa 1909-yilda Buxoro amirligi poytaxtining Oybibi inoq (Oybinok) guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Muhammad Nabi mablagʻlari evaziga bunyod etilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Muhammad Nabi asosan dehqonchik bilan shugʻullangan va gilam bilan tadbirkorlik qilgan. Buxoroga Denovdan kelib qolgan[2]. Madrasaning yillik vaqf mulki 22 ming tangaga teng boʻlgan[3].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda restavratsiyalash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratildi[4].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan[4].
Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli , Xoja Porso nomdagi koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 15 ta hujradan iborat[2][3]. XIX asrda Oybinok masjidi va Ibrohim ohund madrasalari bilan birga mustaqil meʼmoriy ansamblni tashkil etgan[5].
Rivoyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naql qilinishicha, Muhammad Nabi farzandlari bilan janjallashib qolganidan soʻng uyini madrasaga aylantirishga ahd qiladi va buni vaqf tarzida rasmiylashtiradi. Biroq keyinchalik oʻgʻillari bilan yarashib, qaroridan qaytmoqchi boʻladi. Lekin vaqf mulkiga aylangan mol-davlat birovning mulki boʻla olmasligi sababli u maqsadiga yetisholmaydi va bundan qattiq afsuslanadi. Shuning uchun xalq orasida bu madrasa Pushaymon madrasasi yoki Istehzo (Isteza) madrasasi deya atala boshlaydi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Медресе Истеза (Ходжа Мухаммад Наби)“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 398-bet.
- ↑ 4,0 4,1 „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ „Музей истории городища "Варахша". Медресе Ибрагима Охунда (XIX век.)“. Bukhara-museum.narod.ru. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.