Isro va meʼroj
Isro va meʼroj — islom tarixida Muhammad (sav) ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga koʻtarilishi (meʼroj). Bu haqda Qurʼon oyatlari va hadisi shariflarda keng maʼlumotlar berilgan. Bu hodisa ilohiy moʻjizalar turiga kirgani uchun moddiylik va aqliy dalillar bilan chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadilar. Hadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) Jabroil (as) boshchiligida tunda koʻp yillik masofani bosib oʻtib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytganlar. Jumladan, yetti qavat osmon oraliqlarida oʻzlaridan oldingi oʻtgan yirik paygʻambarlar bilan muloqotda boʻlganlar. Jannat va doʻzaxni tomosha qilganlar.
5 vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan koʻpgina asarlar mavjud. Isro va meʼroj kechasi islom olamida diniy bayram sifatida har yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |