Ispaniya merosi
Qiyofa
Ispaniya merosi - Ispaniya taxti va uning mulklariga egalik qilish hamda Yevropada siyosiy ustunlikka erishish maqsadida olib borilgan urush (1701 — 14).
Ispaniyaning soʻnggi Gabsburgi (hukmdori) — Karl II ning vafoti (1700) dan soʻng boshlangan. Fransiya Karl II ning vorisi yoʻqligini bahona qilib Ispaniya taxtiga Lyudovik XIV ning nabirasi Filipp Burbonni oʻtqazdi. Shunda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstriya, Prussiya va boshqa davlatlar oʻzaro uyushib, mazkur fransuz-ispan ittifoqiga qarshi chiqdi. Ikki oʻrtadagi urush Utrext (1713) va Rashtat (1714) sulh shartnomalari bilan yakunlanib, natijada Ispaniya Yevropa va Shimoliy Amerikadagi bir qancha mulkidan mahrum boʻldi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |