Ispaniya Gvineyasi
Ispaniya Gvineyasi ispancha: Guinea Española
| |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Madhiya: Marcha Real (1844–1873, 1874–1931, 1942–1968) | |||||||||||||
Poytaxt | Santa-Isabel | ||||||||||||
Din | Katolik cherkovi | ||||||||||||
Hukumat | Ispaniya mustamlaka hukumati | ||||||||||||
Monarx va Davlat boshligʻi | |||||||||||||
• 1858–1868 (birinchi) |
Isabella II | ||||||||||||
• 1936–1968 (oxirgi) |
Francisko Franko | ||||||||||||
General-Gubernator | |||||||||||||
• 1858–1859 (birinchi) |
Karlos Chakon i Mishelina | ||||||||||||
• 1966–1968 (oxirgi) |
Viktor Suanses Dias del Rio | ||||||||||||
Tarixiy era |
Yangi Imperializm Birinchi jahon urushi Ikkinchi jahon urushi Sovuq urush | ||||||||||||
• Tashkil topishi |
1858-yil 11-mart | ||||||||||||
• Ispaniyaliklar Fernando Poni egallab oldilar. Rio de la Plata vitse-qirolligining bir qismi sifatida boshqarilshi. |
1778-yil | ||||||||||||
• Ispanlar Fernando Podan evakuatsiya qilinishi |
1780-yil | ||||||||||||
• Fernando Po ustidan Ispaniya suvereniteti qayta tiklanishi |
1844-yil | ||||||||||||
• Rio Muni ustidan protektorat oʻrnatilishi |
1885-yil | ||||||||||||
• Parij shartnomasi boʻyicha aniq hududiy chegaralanishi |
1900-yil | ||||||||||||
• Turli koloniyalarning maʼmuriy birlashuvi |
1926-yil | ||||||||||||
• Mustaqillik |
1968-yil 12-oktyabr | ||||||||||||
Pul birligi | Ispaniya pesetasi | ||||||||||||
|
Ispaniya Gvineyasi (ispancha: Guinea Española) — Afrika qit’asining g‘arbiy sohilida joylashgan mustamlakadir. Tarkibiga Fernando-Po orollari va boshqa orollar ham kiradi. U Kamerun va Gabon bilan chegaradosh. Maydoni 28 ming kvadrat kilometr, aholisi taxminan 209 ming kishi. Aholi asosan bantu va xausa xalqlaridan tashkil topgan. Mamlakatda 4 mingga yaqin yevropaliklar ham yashaydi. Markazi yirik port Santa-Isabel shahri (aholisi 9 ming kishi).
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rio-Munining katta qismini tropik o‘rmonlar egallaydi. Mamlakatning iqlimi og‘ir. Uyqi kasalini qo‘zg‘atadigan setse pashshasi kishiga kun bermaydi. Fernando-Po orolining tabiiy sharoiti ancha yaxshi. Iqlimi yumshoq, yerlari serunum. Orolda qazilma boyliklar ham topilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XV asr oxirlarida mamlakatga portugaliyaliklar suqilib kirdilar. 1778-yilgi Ispaniya-Portugaliya bitimiga muvofiq Fernando-Po oroli Ispaniyaga o‘tdi. 1843-yilda ispanlar Rio-Munini ham bosib oldilar va aholi azob-uqubatda yashay boshlaydilar. Ispan bosqinchilari afrikaliklarni plantatsiyalarda, kon va korxonalarda quldek ishlatdilar. Ishchi va dehqonning ishlab topgani uning oilasi u yoqda tursin, o‘z qornini to‘ydirishga ham yetmas edi. Afrikaliklar doimo qashshoq, savodsiz edi. Mamlakat va xalq taqdiri Ispaniya general-gubernatori qo‘lida edi. Vatanparvarlar qattiq quvg‘in ostida yashadilar. Ularni surishtirmay otdilar, qamoqqa tashladilar. Lekin, bunday choralarga qaramasdan afrikaliklar ozodlik kurashini kuchaytirdilar.
Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda avj olgan xalq harakati mustamlakachilarni vahimaga solib qo‘ydi. Ular turli yo‘llar bilan xalqni avrashga urindilar. Ammo, kurash qizib bordi. Gvineyaliklar ispan mustamlakachilarini jilovlaydigan va o‘z mustaqilliklariga erishadigan kun uzoq emas edi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya Gvineyasi g‘oyat qoloq mamlakat. Qishloq xo‘jaligida kofe, kakao va moy beradigan palma yetishtiriladi. Ispanlar har yili mamlakatdan qariyb 20 mingtonna kakao, 5 ming tonna palma yog‘i, 6 ming tonna kofe olib ketdilar. Shuningdek, yurt boyligi o‘rmonlarni kesib yo‘q qilmoqdlar[1].
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 270--bet.