Kontent qismiga oʻtish

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoilxoʻja Axmedxodjayev

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev (2022)
Millati Oʻzbekiston oʻzbek
Tugʻilgan joyi 9-dekabr 2004-yil (2004-12-09) (19 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Musobaqalarda faoliyati
Debyut mavsumi 2022
Hozirgi jamoa AKM Motorsport
Avtomobil raqami 36
Startlar 19 (21 marta ishtirok)
Gʻalabalar 0
Unvonlar 0
Pole pozitsiyasi 0
Tez aylanishlar 0
Eng yaxshi finish 48-oʻrin 2022
Oldingisi
Formula 4 UAE Championship

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev (2004-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional poygachisi. Hozirgi kunda F4 boʻyicha Italiya chempionatida AKM Motorsport jamoasi safida avtopoygalarda ishtirok etmoqda.

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev koʻplab avtopoygachilar singari faoliyatini kartingda (13 yoshda) boshlagan. Faoliyatidagi ilk musobaqa Toshkentdagi 2018-yilgi O‘zbekiston chempionati final poygasi hisoblanadi[1]. Ushbu musobaqada u yaxshi natijalar qayd etolmadi. Lekin, 2019-yilgi O‘zbekiston chempionati va kubogi gʻolibligini qo‘lga kiritgan. COVID-19 pandemiyasi tufayli bir yil mobaynida poyga musobaqalarini oʻtkazib yubordi. Keyingi yil Ismoilxoʻja Axmedxodjayev Birel ART Racing jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashib, Yevropa karting bahslaridagi faoliyatini boshladi[2][3]. FIA karting Yevropa chempionatining Aunay-les-Bois poygasida 61-oʻrinni, Sarno poygasida 59-oʻrinni, Zuera poygasida 51-oʻrinni egalladi[4][5]. Shuningdek, Genk shahridagi Xorensbergdam trassasida o‘tkazilgan poygada esa 72-oʻrinni egalladi[6].

Ahmadxoʻjayev 2022-yilgi Red Bull Ring poygasida ishtirok etmoqda.

2021-yil oxirida Dubay avtodromida o‘tkazilgan rasmiy sinov kunida Xcel Motorsport jamoasi uchun sinov chiqishlarini qilgan. U yerda kichik halokat tufayli o‘nta davra bosib o‘tgan va sinovni yakuniga yetkazgan[7]. Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 2022-yilgi ishtirokini Formula 4 UAE Championshipda boshladi[8][9]. Ushbu poygalar davomida 11-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Dubay avtodromida boʻlib oʻtgan ikkita poygadan tashqari boshqa barcha bosqichlarda ishtirok etdi, ammo ball toʻplay olmadi. Mavsum yakunida 36-oʻrinni egalladi[10].

Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 7-maydan 23-oktyabrgacha boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Italiya F4 Championshipda AKM Motorsport jamoasi tarkibida ishtirok etdi. U 36-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Axmedxodjayev mavsum yakunida 48-oʻrinni egallagan. Uning jamoasi esa 10-oʻrinni egalladi[11].

Mavsum Seriya Jamoa Oʻrin
2018 O‘zbekiston chempionati Aniq emas DSK
2019 O‘zbekiston chempionati Aniq emas 1-oʻrin
O‘zbekiston chempionati 1-oʻrin
2021 CIK-FIA European Championship Birel ART Racing Srl 61-oʻrin
Manbalar:[12][4]
  • Izoh: DSK — Diskvalifikatsiya

CIK-FIA karting Yevropa chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Klass 1 2 3 4 5 6 7 8 DC Ball
2021 Birel ART Racing Srl KF2 GEN
QH
72
GEN
R
S/Oʻ
AUB
QH
61
AUB
R
S/Oʻ
SAR
QH
59
SAR
R
S/Oʻ
ZUE
QH
54
ZUE
R
S/Oʻ
61-oʻrin 0
  • Izoh: S/Oʻ — Saralashdan oʻtolmadi

Katta poygadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy natija

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Seriya Jamoa Poyga Gʻalaba PL F/L Podium Ball Oʻrin
2022 Formula 4 UAE Championship Xcel Motorsport 20 0 0 0 0 0 36
Italiya F4 Championship AKM Motorsport 19 0 0 0 0 0 48
FIA Motorsport Games Formula 4 Cup Team Uzbekistan 1 0 0 0 0 Aniq emas 19

F4 UAE Championship

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Oʻrin Ball
2022 Xcel Motorsport YMC1
1

23
YMC1
2

21
YMC1
3

19
YMC1
4

20
DUB1
1

26
DUB1
2

24
DUB1
3

29†
DUB1
4

Ret
DUB2
1

24
DUB2
2

20
DUB2
3

27
DUB2
4

23
DUB3
1

26
DUB3
2

Ret
DUB3
3

27
DUB3
4

27
YMC2
1

25
YMC2
2

23
YMC2
3

25†
YMC2
4

22
36 0

Italiya F4 Championship

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 DC Ball
2022 AKM Motorsport IMO
1

22
IMO
2

27
IMO
3

22
MIS
1

24
MIS
2

31
MIS
3

25
SPA
1

31
SPA
2

28
SPA
3

32
VLL
1

30
VLL
2

31†
VLL
3

32†
RBR
1

21
RBR
2

22
RBR
3
RBR
4

DNQ
MNZ
1

25
MNZ
2

33
MNZ
3

C
MUG
1

29
MUG
2

31
MUG
3

32
48 0

FIA Motorsport Games

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Kubok Saralash bosqichi Zaxira poyga Asosiy poyga
2022 Oʻzbekiston Team Uzbekistan Formula 4 21 17 19
  1. „ISMAIL AKHMED“ (en-US). f1-upcomingstarss Webseite!. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  2. „Top-5 per Morgatto e Birel Art per concludere il Campionato europeo“ (it-IT). TKART - News, tips, tech about karting (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  3. „O‘zbekiston vakillari "FIA European Karting Championship 2021" musoqasida ishtirok etdi“. www.trt.net.tr. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 Studenkov, Alexander „Ismail Akhmed on adapting to F4: ‘I feel more motivated to improve than when I was winning’“ (en). F1 Feeder Series (2022-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  5. „www.kartcom.com“. Karting poygasi natijalari. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  6. „Hamyurtlarimiz ilk marotaba «FIA European Karting Championship 2021» musobaqasida ishtirok etdi“. www.uzreport.news. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  7. Узбекистан, Sputnik „Узбекистанец выступил на тестах Формулы-4 в ОАЭ“ (ru). Sputnik Узбекистан (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  8. „Ismail Akhmed joins the Xcel Motorsport ⁣driver lineup for the 2022 F4UAE!“. Instagram. Xcel Motorsport (2022-yil 18-yanvar). 2022-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  9. „Your guide to the 2022 F4 UAE driver line up“ (en-US). F1 Feeder Series (2022-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  10. „2022 Standings“. www.f4uae.com. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  11. „ITALIAN F.4 CHAMPIONSHIP 2022“. http://f4championship.com/. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  12. Kalmès, Cristina „Akhmedkhodjaev Ismoilkhuja“ (en-US) (2020-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-may.