Kontent qismiga oʻtish

Ismoil Joʻrabekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-sentabr 1931-yil (91 yosh)
Samarqand viloyati
Siyosiy partiyasi КPSS
Maʼlumoti Oliy
Mukofotlari

Ismoil Hakimovich jurabekov – Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1995-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[1].

Hozirda davlat maslahatchisi.

Farzandlari: Alisher, Furqat, Akmal.

Nevaralari: Oybek, Umid, Ulugʻbek, Shodiyor, Sarkorbek, Joʻrabek, Amirbek, Nozimaxon.

1931-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1956-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol ishtirok etib kelgan. 1956-2010-yillarda Pastdargʻom tuman irrigatsiya tizimlari boshqarmasi katta muhandisi, boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi, ,,Samarqandvodstroy" tresti boshqaruvchisi, respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat agrar-sanoati raisi, Oʻzbekiston fuqaro mudofaasi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri.

9—11-chaqiriqlar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

KPSS XXVII s’ezdi delegati.

Oʻzbekistonda istiqomat qiladi.

  • Joʻrabekov
  • GA RF R7523 105 152 "SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971 yil 26 avgustdan 27 avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. . 7-jild
  • GA RF R7523 105 376 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973 yil 8 dekabrdan 10 dekabrgacha qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 45-sonli bayonnomaga / No 5141-VIII dan 5149-VIII gacha. . 9-jild
  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1995-yil 31-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).