Ismatulloh Abdulloh
Ismatulloh Abdulloh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismatulloh Abdulloh(1927-2005)- ulkan alloma, Sharq ilm-fani, madaniyati hamda adabiyoti bilimdoni.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismatulloh Abdulloh 1927 yilda Namangan shahrida ziyoli oilasida tug'ilgan. 1944 yili Namangan o'qituvchilar institutini, 1951 yili O'rta Osiyo Davlat universiteti Sharq fakultetini tugatadi. 1952-1957 yillari Namangan pedagogika bilim yurtida o'qituvchilik qiladi.Leningrad Davlat universiteti aspiranturasida o'qiydi. 1960-1993 yillarda u O'zbekiston FA Sharqshunoslik institutida ishlaydi: 1980-86 yillarda Toshkent Chet tillar institutida ham o'qituvchilik qiladi. 1993 yildan umrining oxirigacha Namangan Davlat universitetida ishladi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismatulloh Abdulloh - manbashunos va matnshunos. U arab va fors tillarini mukammal bilardi. Ilmiy tadqiqotlari Movarounnahr va Xurosonning arab tilidagi she'riyatini o'rganishga bag'ishlangan. Bu soxada 60 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan. Shulardan 5 tasi monografiya, 6 tasi risoladan iborat. U "O'zbek adabiyoti tarixi" kitobining o'zbek va rus tillaridagi akademik nashri mualliflaridan biridir. Ismatulloh Abdulloh vatanimiz sharqshunosligida birinchi bo'lib mashhur O'rta Osiyolik olim - tilshunos, tarixchi Abu Mansur as-saolibi(961-1038) ning boy ilmiy merosini o'rganishni boshlab berdi. Bu olimning O'rta Osiyo va Xuroson arab tilidagi she'riyati va tarixiga oid "Yatimat-ad-daxr", "Latoif al-maorif" va "Tatimmat al-yatima" nomli muhim va nodir asarlari ilk bor Ismatulloh Abdulloh tomonidan arab tilidan o'zbek tiliga tadqiqot, izoh va ko'rsatgichlari bilan ilimy tarjima qilinib chop etildi. Bu bilan o'zbek va O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti tarixida yangi bir sohani ya'ni arab tilidagi adabiyotni o'rganishni boshlab berdi. Uning bu ilmiy ishlari nafaqat O'rta Osiyo, balki Afg'oniston va Eron xalqalarining arab tilidagi adabiyotini o'rganishda ham muhim ahamiyatga egadir. Ismatulloh Abdulloh Mashrabning "Maddai Nur" nomli yirik tasavvufiy-tarbiyaviy asarini va 100 ga yaqin nashr etilmagan she'rlarini, shuningdek, Mullo Yo'ldosh Hilvatiyning devonini so'z boshi izohlari bilan nash etirdi. Ustozning oxirgi asari "Markaziy Osiyoda islom madaniyati"(2005) kitobi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]↑"Namangan adiblari"(Toshkent.O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti.2007)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |