Islomga bagʻishlangan umr
Islomga bag'ishlangan umr | |
Muallif(lar) | Shayx Muhammad Amin Muhammad Yusuf |
---|---|
Til | Oʻzbek |
Janr(lar)i | diniy-maʼrifiy |
Nashr etilgan sanasi | 2016, 2017, 2018,2020-yil |
Nashriyot | Hilol-Nashr |
Sahifalar soni | 184 |
ISBN | 978-9943-4448-4-3 |
Keyingisi | 2022-yil |
Islomga bagʻishlangan umr[1][2][3] — 2016-yili Muhammad Amin Muhammad Sodiq tomonidan yozilgan xotira kitobidir. Kitobning soʻngi nashri 2022-yil Hilol nashriyoti [4]tomonidan 5000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan. Avvalgi nashr yillari 2016, 2017, 2018 va 2020. Asar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bolalik davri, ilmga boʻlgan qiziqishlari, talabalik yillari, ustozlari, xalq uchun qilgan xizmatlari, qoldirgan ilmiy merosi haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Muallif Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf[5]ning ukasi Muhammad Amin Muhammad Yusuf. Kitob uchun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik [6]"Xotiraning ohiri boʻlmaydi" nomli maqola yozgan. Kitob muharriri Barno Saidrahmon. Noshir Ismoil Muhammad Sodiq. Musahhih Gʻiyosiddin Yusuf
Kitob qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — Shayx, asar qahrmoni.
- Muhammad Amin Muhammad Yusuf — Shayxning ukasi, asar muallifi
- Muhammad Yusuf hoji ota — Shayxning otasi.
- Sobiraxon Tilakberdi qizi- Shayxning onasi.
- Muxtorjon domla Abdullayev — Shayxning ustozi.
- Zokirjon domla Ismoilov- Shayxning doʻsti.
- Usmonjon domla-Shayxning ustozi.
- Qosimjon domla — Shayxning ustozi.
- Madrasadagi doʻstlari : Tal’at Tojuddin, Allohshukr Poshshozoda, Nasrullo Ibodullayev, Abulhasan Eldorxonov, Nurmuhammad Neʼmatullin, Abdulla Joʻldosgev, Zokirjon Ismoilov.
- Madrasadagi hujradoshlari: Abdurahim Abdukarimov, Ilyos Ilyosov va Murtazo Ali.
- Bundan tashqari asarda Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning boshqa koʻplab ustozlari, doʻstlari va yaqin qarindoshlari ismi ham keltirilgan.
Kitob mundarijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xotiraning oxiri bo‘lmaydi
- So‘z boshi
- Bolalik yillari
- Payg‘ambarlar sunnati
- Maktab davri
- Dadamiz haqida
- Onajonim, volidai mehribonim
- Talabalik
- Do‘stlar xotirasi
- Nikoh to‘yiI
- lm istab
- Ustoz-muallim
- Muftiylik
- Xalq vakili
- Xorijda
- Og‘ir judolik
- Onajonim, volidai mehribonim!!!
- Vatanga qaytish
- Ilmiy-ijodiy faoliyat
- Keling, ibrat olaylikj
- Dadajonim, padari buzrukvorim
- Yana bir og‘ir ayriliq
- Volidayn
- Mashhur ibratli hikoya
- Allohning sinovi
- Xalq xizmatida
- Hayot sarguzashtlarga to‘la
- Shayx hazratlarining ulkan ilmiy meroslari
- Shayx hazratlari taʼlif etgan kitoblar
- "Oltin silsila"
- Do‘st-yorlar, jo‘ralar
- Nihoyasiz xotiralar
- "Mavtul olim — mavtul olam"
Islomga bagʻishlangan umr(film)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomga bagʻishlangan umr(hujjatli film) [7][8]— 2022-yili Islom.uz [9]tomonidan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi biografik film. Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi. Film ikki qismdan iborat. Film ijodkorlari tomonidan Muhamad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti saotga oʻxshatilgan va film 12 davrga boʻlingan. Ular quyidagilar :
- Tavallud
- Bolalaik va maktab davri
- Mir Arab madrasasida
- Oliy mah’adda
- Xorijda taʼlim
- Ilmiy faoliyatning boshlanishi
- Din xizmatida
- Hijrat
- Vatanga qaytgach
- Buyuk xizmatlar
- Ulkan ilmiy meros
- Judolik
- Gʻoya muallifi va prodyuser Ismoil Muhammad Sodiq
- Ssenariy muallifi Zafar Bek
- Sahnalashtiruvchi rejissyor Abulhay Jamshid va Bahtiyor Muhammad
- Film direktori Sirojiddin Muhammad
- Sahnalashtiruvchi tasvirchi Abbos Akmal oʻgʻli
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [1]
- ↑ Muhammad Amin Muhammad Yusuf. Islomga bag'ishlangan umr (o'zbek). Toshkent: Hilol nashr-matbaasi, 2022.
- ↑ „Islomga bag'ishlangan umr“.
- ↑ „Hilol nashriyoti“.
- ↑ „Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf“.
- ↑ „Tohir Malik“.
- ↑ „Islomga bag'ishlangan umr ( hujjatli film ) 1-qism“.
- ↑ „Islomga bag'ishlamngan umr (hujjatli fil)2-qism“.
- ↑ „Islom.uz“.