Islandiyada turizm
So‘nggi 15 yil davomida Islandiyada turizmning iqtisodiy ahamiyati sezilarli darajada ortdi. 2016-yil holatiga koʻra, turizm sanoati Islandiya yalpi ichki mahsulotiga taxminan 10 foiz hissa qoʻshgan[1]. 2017-yilda birinchi marta xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2 000 000 nafardan oshdi va turizm mamlakat eksport daromadining qariyb 30 foizini tashkil qildi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorijiy sayyohlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uzoq vaqt davomida Islandiya iqtisodiyotining ahamiyatsiz qismini tashkil etdi. Hatto xalqaro havo qatnovi paydo bo‘lganidan ancha vaqt o‘tgach ham, bu xizmatlar YaIMga kamdan-kam hollarda 2 foizdan ortiq hissa qo‘shgan[3]. 1980-yillarning boshlarigacha Islandiyaga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlar soni sekin va notekis o‘sib bordi. Bu son bir yilda hech qachon 80 000 dan oshmagan[4]. Shundan keyin ko‘p yillar davomida chet ellik sayyohlar soni mamlakatga kelib-ketayotgan islandiyaliklar sonining o‘sishi bilan deyarli bir xil sur’atda o‘sdi. Bu holat XXI asrning boshiga qadar davom etdi, yaʼni shu davrda tashrif buyuruvchilarning yillik soni birinchi marta umumiy aholi soni populyatsiyasidan oshib, 300 000 kishini tashkil etdi.
Bir necha yildan so‘ng, Islandiya sayyohlik sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi va bu jarayon hozirgi kungacha susayish alomatlarini ko‘rsatmayapti. Buning tasdig‘ini 2003–2010-yillar orasida chet ellik tashrif buyuruvchilar soni yiliga o‘rtacha 6 foizga, 2010–2014-yillar orasida esa o‘rtacha 20 foizga o‘sganligida ko‘rish mumkin[5][6]. 2015-yilda bu o‘sish sur’atlari davom etdi, yanvardan oktyabrgacha boʻlgan davrda Islandiyaga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar soni 1 milliondan oshdi. Islandiya sayyohlik kengashi maʼlumotlariga koʻra, Islandiyada bir kechadan ortiq tunab qolgan chet ellik mehmonlarning umumiy soni 2000-yildagi 595 mingdan 2010-yilda 2.1 millionga oshgan, 2014-yilda esa bu koʻrsatkich 4.4 millionga yetgan[7].
Islandiyada 2014-yilda turizm bilan bogʻliq sohalarda ishlaydiganlar soni 21,6 ming nafarga yetgan, bu mamlakatdagi umumiy ishchi kuchining qariyb 12 foizini tashkil etgan va turizmning yalpi ichki mahsulotga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshgan hissasi 5 foizga yaqinlashgan[8].
Turistik demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islandiya oʻzining inson qoʻli tegmagan tabiati va noyob atmosferasi bilan mashhur[9]. Mamlakat yozda (iyun-avgust) eng koʻp sayyohlarni qabul qiladi. 2014-yilda Islandiyada yoz oylarida tashrif buyuruvchilar jami sayyohlarning taxminan 42 foizini tashkil etdi, bu avvalgi ikki yilga nisbatan mutanosib ravishda bir oz pasaygan koʻrsatkich edi, qishda tashrif buyuruvchilar ulushi esa xuddi shu davrda 4 foizdan oshdi[10]. 2014-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiyaning eng yirik sayyohlik bozorlari Markaziy va Janubiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan sayyohlarni o‘z ichiga oladi. Undan keyin boshqa hududlardan kelgan sayyohlar, ya’ni Shimoliy Amerika, Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlari fuqarolari turadi. Alohida mamlakatlar bo‘yicha 2014-yilda eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya va Norvegiyadan kelgan. 2013–2014-yillar oralig‘ida tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’ati Kanadaga tegishli bo‘lib, bu ko‘rsatkich yildan-yilga 60 foizdan oshgan[10].
Mashhur sayyohlik manzillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islandiya sayyohlik kengashi tomonidan 2014-yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada maxsus qayd etilgan 39 ta yo‘nalishdan quyidagilar mamlakatda eng koʻp tashrif buyuriladigan 10 ta yoʻnalish hisoblanadi (foizlar ko‘rib chiqilayotgan manzilga tashrif buyurgan barcha xorijiy sayyohlarning ulushini ko‘rsatadi va yoz mavsumi bilan bog‘liq, ba’zi yo‘nalishlarga qishda borish oson emas)[11].
No. | Manzil | Foiz |
---|---|---|
1 | Höfuðborgarsvæðið | 97,0 % |
2 | Geysir/Gullfoss | 59,4 % |
3 | Þingvellir | 50,4 % |
4 | Vik | 47,4 % |
5 | Skogar | 43,6 % |
6 | Jökulsárlon (muzlik lagunasi) | 42,3 % |
7 | Skaftafell | 40,3 % |
8 | Akureyri | 36,2 % |
9 | Myvatn | 34,0 % |
10 | Blue Lagoon | 31,5 % |
Mamlakatlar boʻyicha tashrif buyurish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islandiyaga asosiy aeroport orqali kelgan tashrif buyuruvchilarning aksariyati quyidagi mamlakatlardandir[12]:
No. | Mamlakat | 2015-yil | 2016-yil | 2017-yil | 2018-yil |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 242,805 | 415,287 | 576,403 | 694,814 |
2 | Buyuk Britaniya | 241,024 | 316,395 | 322,543 | 297,963 |
3 | Germaniya | 103,384 | 132,789 | 155,813 | 139,155 |
4 | Kanada | 46,654 | 83,144 | 103,026 | 99,715 |
5 | Fransiya | 65,822 | 85,221 | 100,374 | 97,224 |
6 | Polsha | 27,079 | 39,613 | 66,299 | 91,463 |
7 | Xitoy | 47,643 | 66,781 | 86,003 | 89,495 |
8 | Ispaniya | 27,166 | 39,183 | 57,971 | 65,589 |
9 | Daniya | 49,225 | 49,951 | 53,240 | 51,019 |
10 | Shvetsiya | 43,096 | 54,515 | 56,229 | 49,316 |
Jami xorijliklar soni | 1,261,938 | 1,767,726 | 2,195,271 | 2,315,925 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tourism to bring in 10% of Iceland’s GDP in 2016“. Icelandmonitor.mbl.is. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.
- ↑ „Foreign visitors to Iceland 1949-2014“. Ferdamalstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „International tourist receipts and expenditures and their share in exports and GDP 1969-2008“. Px.hagstofa.com. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Foreign passengers 1971-1999“. Px.hagstofa.com. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Passengers through Keflavik airport by citizenship and month 2002-2014“. Px.hagstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Foreign visitors to Iceland 1949-2014“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Tourism in Iceland in Figures“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Financial accounts“. Hagstofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „krpano - thorsmork“. Vr-iceland.grandpano.sk. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
- ↑ 10,0 10,1 „Tourism in Iceland in Figures - Icelandic Tourist Board“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
- ↑ „Tourism in Iceland in Figures“. Ferdamalastofa.is. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Passengers through Keflavik airport by citizenship and month 2002-2018-PX-Web“. Px.hagstofa.is. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islandiya sayyohlik kengashi
- Shimoliy Amerikadagi Islandiya sayyohlik kengashi (Wayback Machine saytida 2008-10-06 sanasida arxivlangan)
- Islandiya sayyohlik kengashining hududiy saytlari: