Islamnur Abdulavov
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 7-mart 1994-yil | ||
Tavallud joyi |
Maxachqala, ![]() | ||
Ampluasi | Hujumchi |
Islomnur Magomedrasulovich Abdulavov (1994-yil 7-mart, Paraul qishlogʻi, Qarabudaxkent tumani, Dog‘iston, Rossiya) – rossiyalik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dogʻistonning Qorabudaxkent tumanidagi Paraul qishlogʻida tugʻilgan[1]. Respublika bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida murabbiy Gamal Babayev qoʻl ostida futbol bilan shugʻullana boshlagan. 2010—2011-yilgi mavsumni Kiyevning „Dinamo“ sport maktabida oʻtkazgan.
2011-yilda „Anji“ jamoasi safiga qoʻshilgan. „Anji“ tarkibida ilk bor 2013-yil 17-avgustda Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinning 67-daqiqasida Mehdi Karsela-Gonsales oʻrniga maydonga tushgan[2]. „Anji“ tarkibidagi birinchi golini 2013-yil 6-oktyabrda Qozonning „Rubin“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[3].
2016-yil iyul oyi oxirida „Ufa“ jamoasiga oʻtgan[4]. Debyutiroval za „Ufu“ 31 iyulya 2016 goda v matche protiv „Urala“[5]. „Ufa“ tarkibida debyutini 2016-yil 31-iyulda „Ural“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[6]. 2017-yil 30-oktyabrda „Rubin“ga qarshi uy uchrashuvida zaxira oʻyinchisi sifatida roʻyhatga kiritilgan, oʻyin vaqtida klublarning zaxira oʻyinchilari orasidagi toʻqnashuvda qatnashgani uchun sariq kartochka olgan[7]. 2018-yil 22-fevralda mavsum oxirigacha ijara asosida „Tom“ jamoasiga oʻtgan. 4-mart kuni Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda Anton Makurin oʻrniga maydonga tushib, debyut qilgan. „Tom“ uchun ilk golini 2018-yil 24-martda Novosibirskning „Sibir“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. 2018-yil iyun oyi oxirida ijara asosida „Rotor“ jamoasiga oʻtgan. 2019-yil fevral oyida „Tom“ klubiga qaytgan. Yilning ikkinchi yarmini Qozog‘istonning „Atirau“ jamoasida oʻtkazgan, 2020-yil fevralidan boshlab esa „Oqjetpes“ safiga qoʻshilgan.
2021-yil 15-fevralda Maxachqalaning „Legion Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
==Shahsiy hayoti-- Millati qo‘miq boʻlib, Dogʻistonning Qorabudaxkent tumanidagi Paraul qishlogʻidan. 2016-yilning 10-dekabrida oila qurgan. Musulmon millatiga mansub.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Исламнур Абдулавов: «Для нас каждый матч будет как финал, а по итогам сезона будет видно, что для нас уготовил Всевышний“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ „Отчёт о матче“ (ru) (deadlink). 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
- ↑ „Профиль игрока. Сезон 2013/2014“ (ru). championat.com. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-fevral.
- ↑ „Абдулавов перешёл в «Уфу»“. 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
- ↑ „Профиль игрока. Сезон 2016/2017“ (ru). championat.com. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-fevral.
- ↑ „Запасные «Уфы» и «Рубина» устроили потасовку“. 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Павленко, Абдулавов и Казаев подписали контракты с «Томью»“ (ru). championat.com. 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.