Kontent qismiga oʻtish

Iskana (asbob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iskana — duradgorlikda yogʻochda uya, chuqurcha, oʻyiq hosil qilish va teshik yoʻnish, pax chiqarish uchun ishlatiladigan asbob. Tigʻi poʻlatdan, dastasi qattiq yogʻochdan yasaladi. Oʻyish, oʻya hosil qilishda ishlatiladigan I.ning dastasi yorilib ketmasligi uchun unga halqa kiygiziladi. I. keskichining tigʻi bir tomonlama charxlangan toʻgʻri kesuvchi qirradan iborat. Tuzilishiga koʻra, yassi va yarim doira shaklidagi, kalinligi 11 mm gacha. uz. 200 mm gacha, eni 50 mm gacha boʻlgan I.lar bor. Bajariladigan ish turiga qarab nov, chuv, qingʻir I. va b. turlarga boʻlinadi. Uya oʻyishda reja chiziqqa I. tigʻini qoʻyib, dastasiga metall bolgʻa yoki yogʻoch bolgʻa bilan uriladi. Yoʻnish paytida I. dastasi oʻng qoʻl bilan ushlanib, chap qoʻl bilan I. kurakchasi materialga bosiladi (qarang Duradgorlik asboblari).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil