Iroda Aliyeva
Iroda Mirzaxonovna Aliyeva (17-dekabr 1929, Toshkent — 7-iyun 1989, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Toshkent sanʼat institutini bitirib (1951), Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrida ishladi (1951-72), 1972-89 yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida aktrisa. Nasiba („Ogʻriqtishlar“), Muqaddas („Chin muhabbat“), Shirin („Bir sevgi afsonasi“), Guzin („Turkiya haqida hikoya“), Kamola (R. Tagorning „Halokat“ romani asosida yaratilgan inssenirovka — „Gang daryosining qizi“), Maryam („Jazoir, mening vatanim“), Asal („Sarvqomat dilbarim“), Nazokat („Parvona“) rollarida Aliyeva muvaffaqiyat qozondi va lirik rollar ijrochisi sifatida tanildi. Yuksak texnika, mukammal sahna nutqiga ega boʻlgan Aliyeva qahramonlarining dunyoqarashi va ichki kechinmasini oʻziga xos sharqona xususiyat, nazokat bilan ifodalashga erishgan. Kinoaktyor teatr-studiyasida Nina (Aliyeva Kason, „Yetti faryod“, 1973), Enaga (Aliyeva Korneychuk, „Platon Krechet“, 1974) va boshqa rollarni ijro etdi. Kinoda: „Akmal, ajdaho va malika“ (1980), „Akmalning yangi sarguzashtlari“ (1983) filmlarida yalmogʻiz kampir obrazini yaratdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |