Iristoy Qoʻchqortoyev
Iristoy Qoʻchqortoyev (1936.5.7, Sayram tumani, Qozogʻiston — 2000.20.12, Turkiya; Toshkentda dafn etilgan) — tilshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981). Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim (1958—60), ToshDUda aspirant (1960—63), oʻqituvchi (1964—66), katta oʻqituvchi (1966-68), dotsent (1968—81), dekan oʻrinbosari (1981—82), oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani (1987—95), turk filologiyasi kafedrasi mudiri (1997-yildan). Turkiya untida oʻzbek tilidan dars bergan.
Asosiy ilmiy ishlari oʻzbek tilida nutq feʼllari mavzuiga bagʻishlangan. Qoʻchqortoyev Oʻzbekistonda turkiy-shunoslikning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshgan. Oliy oʻquv yurtlari uchun "Turkiy filologiyaga kirish" (hamkorlikda, 1984), "Tilshunoslikka kirish" (hamkorlikda, 1976) kabi darsliklar yaratgan. Uning bolalarga bagʻishlangan "Bu ishing yaxshimi" (1964), "Ikki va oʻn bir" (1964), "Yaylovda" (1965) kabi hikoyalar toʻplamlari ham bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Badiiy soʻz ustasi, T., 1967; Badiiy nutqstilistikasi, T., 1975; F. de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi, T., 1976; Soʻz maʼnosi va uning valentligi, T, 1977; Oʻzbek tilida nutq feʼllari valent taxlili, T., 1977.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |