Kontent qismiga oʻtish

Irina Bulmaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irina Bulmaga

Irina Bulmaga[1][2] (1993-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — ruminiyalik shaxmatchi. U 2012-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM)[3][4] va 2013-yilda xalqaro usta (IM) unvonlarini olgan[5].

2001—2009-yillarda, u turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida Moldova chempionatida gʻolib boʻlgan. U 2005, 2006, 2007-yillarda maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2007\2008-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar Moldova chempionatida gʻolib chiqdi. 2009-yildan beri, u Ruminiya sharafini himoya qiladi. 2010-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi blits boʻyicha Ruminiya chempionatida gʻolib chiqdi. 2014-yilda u Brailada boʻlib oʻtgan „Mariya Albulet Memorial“ ayollar oʻrtasidagi yillik xalqaro turnirning 7-nashrida gʻolib chiqdi[6]. 2019-yilda u Riga texnik universiteti ochiq tanlovida eng yaxshi ayollar shaxmatchisi bo‘ldi[7].

U Ruminiyani beshta shaxmat olimpiadalarida (2008, 2010, 2012, 2014, 2016-yillar) himoya qilgan, 2014-yilda bronza medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, uchta jamoalar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Yevropa chempionatida (2011—2015) g‘olib chiqqan va Ruminiya ayollar terma jamosini olgʻa boshlagan. Shuningdek, u Ruminiyani 2013-yilgi ayollar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionatida himoya qilgan. Irina shaxmatni shaxsiy hayoti bilan muvozanatlashga harakat qildi. U uchun shaxmat sevimli mashgʻulotga aylangan, shaxmatni hobbisidek oʻynaydi va u uchun shaxmat hayotining ajralmas boʻlagidir. Uning singlisi Elena Bulmaga ham shaxmat oʻyinchilardan biridir[8].