Kontent qismiga oʻtish

Irgʻiz (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irgʻiz
Ырғыз
Tavsif
Uzunligi 593 km
Havzasi 31 600 km²
Suv sarfi 8 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Mugʻojar togʻi
 · Balandligi 320 m
Quyilishi Toʻrgʻay
Joylashuvi
Davlat Qozogʻiston

IrgʻizQozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe viloyatidagi daryo. Toʻrgʻayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 593 km, havzasining maydoni 31,6 ming km2. Mugʻojar togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat daryo oʻzanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irgʻizning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida shoʻrroq. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha yillik suv sarfi 7,56 m3/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan boʻshaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil