Iqtisodiy huquq va erkinliklar
Iqtisodiy huquq va erkinliklar — insonning iqtisodiy sohadagi yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur imkoniyatlarning xarakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hozir demokratik davlatlarda asosiy Iqtisodiy huquq va erkinliklar sirasiga xususiy mulkchilik xuquqi, jumladan, yerga va aqliy mehnat mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xoʻjalik sohasida tashabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar, xususan ishsizlikdan muhofaza qili-nish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va hokazo kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (41-42 moddalar) va mehnat haqidagi qonunlari har bir shaxsga oʻz mehnat qobiliyatidan foydalanishni kafolatlaydi, fuqarolarning iqtisodiy jihatdan majbur qilinmasligi va mehnat haqqi toʻlashda kamsitilmasligini taʼminlaydi. Ayni damda isteʼmolchi huquqlarining ustuvorligini, mulkdorlikning barcha shakllarini muhofaza etilishini kafolatlaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ /Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |