Kontent qismiga oʻtish

Inomjon Xidiraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inomjon (Inogʻomjon) Xidiraliyev (1891.23.2, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovat qishlogʻi — 1928.31.12, Moskva) — davlat va jamoat arbobi, diplomat. Xidiraliyev 1919-yildan turli sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: Fargʻona viloyati partiya qoʻmitasining kotibi (1920—21), Turkiston ASSR Yer ishlari xalq komissari (1922), Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922—24). RSFSR Yer ishlari, federal komiteti Prezidiumi aʼzosi (1923—24). Turkiston ASSR ning RSFSRdagi muxtor vakili (1924 yil yanvar—noyabr). X. Turkiston respublikasi manfaatlarini himoya qilib, bolsheviklarning shovinistik siyosatiga qarshi kurashgan. Yer ishlari xalq komissari (1925) sifatidaX. Oʻzbekistonda yersuv islohotini amalga oshirishda faol qatnashgan. Paxtakor dehqonlarni iqgisodiy jihatdan qoʻllabquvvatlash, ijtimoiy himoya qilish tarafdori boʻlgan.

Moskvaning Vagankovo qabristonida dafn etilgan. Xidiraliyev vafotidan keyin, 1937-yildagi ommaviy repressiya davrida "xalq dushmani" sifatida qoralangan edi. Andijondagi koʻcha, Qoʻrgʻontepa tumanidagi maktabga X. nomi berilgan.

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida]. T., 2000; Shamsutdinov P., Istiqdol yoʻlidashahid ketganlar, T., 2001; Rajabov Q.,Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924 y.), T., 2002.