Ingrid Nargang
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Ingrid Nargang | |
---|---|
Tavalludi |
Alice Ingrid Annemarie Nargang 17-aprel 1929-yil |
Vafoti |
10-may 2019-yil (90 yoshda) Schärding, Avstriya |
Fuqaroligi | Avstriya |
Kasbi | sudya, huquqshunos, tarixchi |
Ingrid Nargang (toʻliq ismi Alice Ingrid Annemarie Nargang; 1929-yil 17-aprel — 2019-yil 10-may) — avstriyalik huquqshunos, sudya va tarixchi. 1964-yildan 1993-yilgacha Ingrid Engelhartszell an der Donauda okrug sudi rahbari boʻlgan. Ingrid Avstriya sud tizimida qishloq okrug sudini boshqargan birinchi ayol boʻlgan[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alice Ingrid Annemarie Nargang 1929-yil 17-aprelda Ruminiyaning Chernovtsi shahrida tugʻilgan. Oilasi avstriyalik eski davlat xizmatchilari boʻlishgan. Uning bobokaloni filolog va oʻrta maktab direktori; bobosi esa advokat boʻlgan. Oila Bukovinadagi Chernovtsi shahrida (shahar dastlab Birinchi jahon urushi oxirigacha Avstriya imperiyasiga tegishli boʻlgan, keyinchalik Ruminiya qirolligi tarkibiga kirgan va hozirda qisman Ukrainada tarkibidadir) yashagan. Ingridni onasi va buvisi tarbiyalagan. Ingrid ikki yoshligida otasi oilasini tashlab ketgan.
1940-yilning yozida, Ingrid oʻn bir yoshga toʻlganida, nemis millatiga mansub fuqarolarni Germaniyaga koʻchirish boshlanadi. Onasi va buvisi bilan birga Nargang avval Quyi Sileziyaga, keyin esa Yuqori Sileziyaga koʻchib oʻtishadi. Sovet qoʻshinlari Ikkinchi jahon urushi oxirida Sileziyaga yaqinlashganda, ular Yuqori Avstriyaga qochib ketishgan[2] .
Nargang „qochqin“ va „etnik nemislar“ deb atalgan oiladan chiqqan boʻlib, 1945-yilning kuzida Gmundendagi oʻrta maktabda oʻqishni boshlaydi. 1948-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng Ingrid Insbrukda huquqshunoslik boʻyicha tahsil oladi. 1952-yilda Ingrid huquq fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Bir yil sud idorasida ishlaydi va iqtisod boʻyicha maʼlumot olishga qaror qiladi. 1959-yilda ijtimoiy-iqtisodiy fanlar doktori ilmiy darajasi boʻyicha dissertatsiyani himoya qiladi. Bu vaqt ichida Nargang allaqachon Linsda huquqshunos stajyor sifatida ishlay boshlagan va advokatlik imtihonini topshirgandi. Keyinroq Linsdagi sudda advokat boʻlib ishlagan.
1963-yilda Nargang sudya boʻladi. 1964-yildan 1993-yilgacha, yaʼni nafaqaga chiqqunga qadar Nargang Engelhartszell an der Donauda tuman sudini boshqargan. Ingrid Avstriya qishloq okrug sudiga rahbarlik qilgan birinchi ayol boʻlgan.
Zamonaviy tarixchi sifatida Nargang bukovinalik nemislar tarixi va Ikkinchi jahon urushidan keyin Yuqori Avstriyadagi qochqinlar ahvolini tadqiq qilgan. Ingrid, shuningdek, Linsdagi bukovinalik nemislarining mintaqaviy jamoasi asoschilaridan biri boʻlgan[2].
Umrining oxirigi yillarda Nargang Engelhartszell an der Donau, Lins va Vena shaharlarida yashaydi.
Ingrid 2019-yil 10-mayda Schärding shahrida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Land Oberösterreich - Landeskorrespondenz Nr. 249 vom 26. Oktober 2005“. web.archive.org (2019-yil 2-iyun). 2019-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ 2,0 2,1 Trauer um die Frau Rat