Infantilizm
Infantilizm (lot. infantilis - bolalarcha) — kattalarda ilk bolalik davriga xos boʻlgan morfologik, fiziologik va ruhiy hislatlarning saqlanib qolishi bilan ifodalanadigan klinik sindrom. I.ning sabablari, qaysi aʼzo yoki sistema yetilmaganligi, koʻrinish alomatlari va b.ga koʻra bir necha turi farq qiladi. I. tugʻma boʻlishi yoki oʻsish davridagi har xil kasalliklar (sil, qizamiq), turli zaharlanishlar, inki sekretsiya bezlari va miya kasalliklari, tomirlardagi nuqsonlar sababli kelib chiqishi mumkin. I.ning yaqqol belgisi — pakanalik, odamning boʻy-basti koʻpincha bolalarga xos boʻlib qoladi. Ikkilamchi jinsiy belgilar, tashqi va ichki jinsiy aʼzolar ham tuzuk rivojlanmay qoladi. Bolani yoshligidan sogʻlom qilib tarbiyalash, yuqumli kasalliklardan saqlash, toʻgʻri ovqatlantirish, sof havodan bahramand qilish, badan tar-biya bilan shugʻullantirish, oʻsishi va rivojlanishiga koʻz-quloq boʻlib turish I.ning oldini olishga yordam beradi.
INFARQT(lot. infarctus — toʻldiraman, tiqishtiraman) — toʻsatdan qon aylanishining buzilishi natijasida nekroztya. uchragan (oʻlgan) aʼzo yoki toʻqimaning biror qismi. Arteriyalarning uzoq vaqt qisilishi, gipoksiya yoki unga tromb, embol (qarang Emboliya) tiqilib qolishi I.ga sabab boʻladi. I. deyarli barcha aʼzolar (yurak, oʻpka, buyrak, taloq, ichaklar, bosh miya va b.)da ku-zatiladi. Kasallikning klinik belgilari va ogʻir-yengilligiga qarab (koʻproq zararlangan tomirning katta-kichikligiga bogʻliq) I. qayerda ekanligi (oʻrni) aniqlanadi.
Hayot uchun muhim aʼzolarning yirik tomirlariga bir necha daqiqa qon yetib kelmasligi ogʻir oʻtib, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. I.da dastlab gipoksiya, keyinroq nekroz oʻrnida biriktiruvchi toʻqima rivojlanib chandiqqa aylanadi.
Davo kasalxona sharoitida tromb va embolii bartaraf etish, zararlangan aʼzoning qon oqimini izga solish va faoliyatini tiklashdan iborat. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |