Induktivlik gʻaltagi
Induktivlik gʻaltagi — sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllanadi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllanadi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda oʻlchanadi.
Mikromodullarda qoʻllanadigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |