Kontent qismiga oʻtish

Immuntanqislik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Immuntanqislik, shuningdek, immunitet tanqisligi – immunitet tizimining yuqumli kasalliklar va saratonga qarshi kurashish qobiliyati buzilgan yoki umuman yoʻq boʻlgan holati. Aksariyat holatlarda immuntanqislik bemorning immunitet tizimiga taʼsir qiluvchi tashqi omillar tufayli kelib chiqqan, yaʼni, orttirilgan („ikkilamchi“) boʻladi. Ushbu tashqi omillarga misollar sifatida OIV infeksiyasi va oziqlanish kabi atrof-muhit omillari kiradi[1]. Immunitet tanqisligi, shuningdek, baʼzi genetik kasalliklar/nuqsonlar tufayli ham boʻlishi mumkin.

Klinik sharoitda, steroidlarga oʻxshash baʼzi dorilar immunosupressiv taʼsirining salbiy oqibati boʻlishi yoki davolash jarayonida maqsadli yuzaga keltirilishi mumkin. Bunga organ transplantatsiyasi jarrohligida organizm qarshiligiga qarshi chora sifatida va autoimmun kasalliklarda immun tizimi haddan tashqari faol boʻlgan bemorlarda immunosupressiya qilishni misol sifatida keltirish mumkin. Baʼzi odamlar immunitet tizimidagi ichki nuqsonlar yoki birlamchi immunitet tanqisligi bilan tugʻiladi[2].

Zararlangan komponent boʻyicha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Gumoral immunitet tanqisligi (jumladan, B hujayralari yetishmovchiligi yoki disfunksiyasi)[3].
  • T hujayralari yetishmovchiligi koʻpincha orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) kabi ikkilamchi kasalliklarni keltirib chiqaradi[4].
  • Granulotsitlar yetishmovchiligi.
  • Aspleniya, taloq funksiyasining yoʻqligi.
  • Komplement tizimi funksiyasining yetishmovchiligi.

Diagnostikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Immuntanqisligi boʻlgan bemorlarda oʻzgaruvchan klinik fenotiplar paydo boʻlishi mumkin. Bu koʻpincha tashxisning sezilarli kechikishi va natijada bemorning kasallanishiga olib keladi[5].

Immuntanqisligining sabablari buzilishning tabiatiga qarab genetik yoki hayot davomidagi boshqa faktorlar boʻlishi mumkin[6][7]. Faqat baʼzi genetik sabablarga koʻra, aniq genlar maʼlum[8].

Immuntanqislikni davolash usullari 2 usulga boʻlinadi: infeksiyalarni davolash va immunitet tizimini mustahkamlash.

Trimetoprim/sulfametoksazol yordamida pneumocystis pnevmoniyasining oldini olish immunitet tanqisligi boʻlgan bemorlarda foydali hisoblanadi[9]. 1950-yillarning boshlarida Immunoglobulin (Ig) shifokorlar tomonidan mushak ichiga inyeksiya yoʻli bilan birlamchi immunitet tanqisligi boʻlgan odamlarni davolash maqsadida ishlatilgan. Ig almashtirish terapiyasi teri ostiga yoki tomir ichiga yuborilishi mumkin boʻlgan infuziyalar boʻlib, natijada Ig darajasi taxminan 3-4 hafta davomida yuqori boʻladi, ammo bu har bir bemorda farq qiladi[10].

  1. "Secondary immunodeficiencies, including HIV infection". The Journal of Allergy and Clinical Immunology 125 (2 Suppl 2): S195–203. February 2010. doi:10.1016/j.jaci.2009.08.040. PMID 20042227. PMC 6151868. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6151868. 
  2. „Primary immunodeficiency“. Mayo Clinic (2020-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-may.
  3. Greenberg. „Immunodeficiency“. University of Toronto. 2013-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Schwartz, Robert A (2019-10-22). Jyonouchi, Harumi. ed. "T-cell Disorders". Medscape. http://emedicine.medscape.com/article/888372-overview. 
  5. Grammatikos, Alexandros; Bright, Philip; Bhatnagar, Rahul; Johnston, Sarah (September 2020). "How to investigate a suspected immune deficiency in adults". Respiratory Medicine 171: 106100. doi:10.1016/j.rmed.2020.106100. PMID 32799060. 
  6. „Nutrition and Immunity“. The Nutrition Source. Harvard T.H. Chan School of Public Health (2020-yil may). Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  7. "Immune Dysfunction as a Cause and Consequence of Malnutrition". Trends in Immunology 37 (6): 386–398. 2016. doi:10.1016/j.it.2016.04.003. PMID 27237815. PMC 4889773. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4889773. 
  8. Charles A Janeway, Jr „Inherited immunodeficiency diseases“, . Immunobiology, 2001. 
  9. "Prophylaxis for Pneumocystis pneumonia (PCP) in non-HIV immunocompromised patients". The Cochrane Database of Systematic Reviews 10 (10): CD005590. October 2014. doi:10.1002/14651858.CD005590.pub3. PMID 25269391. PMC 6457644. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6457644. 
  10. „Immune Deficiency Foundation“. primaryimmune.org. Qaraldi: 2017-yil 17-aprel.