Imizu
Imizu 射水市 | |
---|---|
Shahar | |
36°43′50″N 137°4′32″E / 36.73056°N 137.07556°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 109.43 km2 (42.25 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil 1-oktyabr) |
90 807 |
Zichligi | 830.0 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0766-51-6600 |
Pochta indeks(lar)i | 939-0294 |
|
Imizu (yaponcha: 射水市 Imizu-shi ) Yaponiyaning Toyama prefekturasida joylashgan shahardir. 2018-yil 28-fevral holatiga koʻra, shaharda 37.734 ta xonadonda 93.447 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 850 kishidan toʻgʻri kelgan. Uning umumiy maydoni 109,43 kvadrat kilometr (42,25 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imizu Toyama prefekturasining gʻarbiy qismidagi Tonami tekisligida joylashgan boʻlib, shimolda Yapon dengizi sohili bilan chegaralanadi. Hududning katta qismi Yaponiyaning ushbu mintaqasiga xos tarqoq aholi punktiga ega hisoblanadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imizu nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yumshoq yoz va sovuq qish bilan kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Imizuda oʻrtacha yillik harorat 14,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2380 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,7 °C atrofida boʻladi[2].
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Imizu aholisi soni soʻnggi oʻn yilliklarda nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 83,631 | — |
1980 | 91,317 | +9.2% |
1990 | 92,912 | +1.7% |
2000 | 93,513 | +0.6% |
2010 | 93,588 | +0.1% |
2020 | 90,742 | −3.0% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Imizu hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Kaga domenining bir boʻlagi sifatida boshqarilgan.
Zamonaviy Imizu shahri 2005-yil 1-noyabrda Shinminato shahri, Daimon, Kosugi va Oshima shaharlari hamda Shimo qishlogʻining (barchasi Imizu tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. Ushbu qoʻshilish natijasida Imizu tumani tarqatib yuborildi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imizu toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh qarorgohi Imizu shahrida joylashgan korxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Albis chakana va ulgurji savdo kompaniyasi.
- Toyo gaz hisoblagichi
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kollejlar va universitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toyama prefektura universiteti
- Toyama fanlar kolleji
- Toyama milliy texnologiya kolleji (Imizu kampusi)
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imizu shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn beshta davlat boshlangʻich maktabi hamda oltita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Imizu shahrida ikkita kasb-hunar maktabi ham mavjud.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ainokaze Toyama temir yoʻli
- Etchū-Daimon — Kosugi
- Manʼyōsen Shinminatokō liniyasi
- Shōgavaguchi — Rokudōji
- Manʼyōsen Shinminatokō liniyasi
- Koshinokata — Kaiōmaru — Higashi Shinminato Shinminato — Naka Shinminato Shinminato — Shinmachiguchi — Nishi Shinminato Shinminato — Shōgavaguchi — Rokudōji
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hokuriku tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 8
- Milliy yoʻnalish 415
- Milliy yoʻnalish 472
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kaivomaru Parki, Kaivo Maru yirik oʻquv kemasi bilan.
- Kosugimaruyama manzilgohi, kech Asuka davridagi kulolchilik ishlab chiqarish maydonchasi xarobalari boʻlgan arxeologik park. Bu milliy tarixiy obida[4].
- Kushidashin manzilgohi, kech Jomon davri turar-joy qoldiqlari va ikki dumaloq Kofun davri qabrlarini oʻz ichiga olgan arxeologik bogʻi. Bu milliy tarixiy obida hisoblanadi[5].
Imizu shahridan taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Matsutaro Shoriki, mediamagnat, siyosatchi va yapon professional beysbolining otasi.
- Atsushi Yanagisava, professional futbolchi.
- Shinosuke Tatekava, rakugo ijrochisi va teleboshlovchi.
- Bungo Tsuda, siyosatchi.
- Megumi Tachimoto, dzyudochi
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Imizu official home page population data(yaponcha)
- ↑ Imizu climate data
- ↑ Imizu population statistics
- ↑ „Heritages detail“ (ja). Cultural Heritage Online. Agency for Cultural Affairs. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Heritages“ (ja). Agency for Cultural Affairs.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)