Kontent qismiga oʻtish

Ilyos Bekbulatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilyos Idrisovich Bekbulatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi  RUS /  UZB
Tavallud sanasi 1990-yil 12-avgust
Kayakent, Kayakent tumani, Dogʻiston ASSR, Rossiya SFSR, SSSR
Boʻyi 172 sm
Vazni 65-70-74 kg
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Medallar

Yevropa oʻyinlari

3Bronza medali sohibi Boku 2015

Yevropa chempionati

3Bronza medali sohibi Tbilisi 2013
1Chempion Novi-sad 2017
2Kumush medal sovrindori Kaspiysk 2018

Osiyo chempionati

1Chempion Nyu Dehli 2020

Ilyas Idrisovich Bekbulatov (1990-yil 12-avgust, Dogʻiston ASSR, Kayakent shahrida tugʻilgan) — rossiyalik va oʻzbek erkin kurashchisi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

I.I.Bekbulatov Kayakentda (Dogʻiston) tugʻilgan. Millati boʻyicha qoʻmiq. Murabbiyi — Magomed Magomedov.

Sportchi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

12 yoshida kurash bilan shugʻullangan. Tabiatan kichkina bolaga dastlab qiyin boʻldi va onasi uning sevimli mashgʻulotiga qarshi edi, chunki u erkin kurash uning oʻsishiga yomon taʼsir qilishidan qoʻrqardi. „Birinchi gʻalabalarimdan keyin ham onam bu sport turi haqida eshitishni istamasdi, – deb eslaydi Ilyos, – shuning uchun maktabdan qaytganimdan soʻng uydan chiqish uchun turli bahonalar topib, yashirincha mashgʻulotlarga joʻnab ketardim. Bora-bora onam koʻngli yumshab boshladi, shekilli, fikrimdan qaytmasligimni tushundi“.

Ilyos oʻzining birinchi jiddiy muvaffaqiyatiga 2007-yilda, oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqanida erishdi. Gʻalaba taʼmini his qilib, oʻz ustida yanada gʻayrat bilan ishlay boshladi va oʻsha yili kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida eng yuqori darajadagi medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, sportchi oʻz natijalari qatoriga keyingi 2008-yilni ham qoʻshishi mumkin, u Rossiya yoshlar chempionatida ikkinchi boʻldi va Yevropa chempionatida xuddi shunday koʻrsatkichga erishdi. Shubhasiz, tez rivojlanayotgan sportchi sport choʻqqilarini zabt etishda davom etar edi, ammo oyogʻining sinishi uni uzoq vaqt bezovta qilgan. Ilyos 2011-yilda kurashga qaytishini Dogʻiston va Shimoliy Kavkaz federal okrugi chempionatlarida, soʻngra Moskvada talabalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltin medal bilan nishonlagan. 2012-yilda kayakentlik polvon Rossiya chempionatida omadsizlikka uchragach, Bokudagi yakuniy „Oltin Gran-pri“ turnirida va Xasavyurtdagi Qitʼalararo kubokda bronza medallarini qoʻlga kiritdi, keyin Buglendagi Xizri Shixsaidov turnirida gʻolib chiqdi va mavsumni uning faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyat bilan yakunladi — Kaspiyskdagi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻalaba qozongan.

Oʻsmirlar darajasida ishtirok etganda, Rossiya chempioni (2007), Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori (2008), Yevropa chempioni (2007), Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2008), talabalar orasida Rossiya chempioni boʻlgan (2011).

  • 2012-yil Bokudagi „Oltin Gran-pri“ finali – bronza medali;
  • 2012-yildagi Qit’alararo kubok — Xasavyurt — oltin medal;
  • Kaspiyskdagi Ali Aliyev turniri — oʻz toifasida gʻolib chiqdi;
  • 2014-yil Grozniydagi „Qodirov kubogi“ turniri chempioni.

2013-yilni Krasnoyarskdagi Ivan Yarygin turnirida gʻalaba bilan boshlagan. Va mart oyida u Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Rossiya—2015 chempioni.

2020-yilning yanvar oyidan Oʻzbekiston terma jamoasi safida faoliyat yuritmoqda[1].