Ilon Wikland
Ilon Wikland | |
Haqiqiy ismi | Maire-Ilon Pääbo |
Tavalludi | 5-fevral 1930-yil Tartu, Estoniya |
Millati | Eston |
Sohasi | illyustrator, rassom |
Taʼlimi | Skolan för bok- och reklamkonst
Signe Barth nomidagi tasviriy sanʼat maktabi |
Ilon Wikland (koʻpincha Ilun Wikland deb ham keltiriladi; shvedcha: Ilon Wikland; qizlik ism-familiyasi estoncha: Maire-Ilon Pääbo; 1930-yil 5-fevral, Tartu, Estoniya) — kelib chiqishi estoniyalik shved rassomi, illyustratsiya va animatsiya janrlarida ijod qiladi[1], Astrid Lindgren kitoblarining doimiy illyustratori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilon Wikland 1930-yil 5-fevralda Estoniyaning Tartu shahrida qurilish muhandisi Max Pääbova va Pallas sanʼat maktabi bitiruvchisi rassom Vida Pääbo-Juse) oilasida tugʻilgan. Otasi bilan ajrashgandan soʻng, onasi 1939-yilda oʻqish uchun Italiyaga joʻnaydi, keyin Budapesht Badiiy akademiyasida malakasini oshiradi, 1948-yilda Buyuk Britaniyaga koʻchib keladi, bu yerda uning yoniga voyaga yetgan qizi Ilon ham keladi va onasi 1979-yildan to vafotigacha Ibiza orolda yashaydi[2]. Ilon bolaligini Haapsaluda oʻtkazgan, Tallindagi maktabga borgan, lekin 1939—1944-yillarda Haapsaludagi 1-boshlangʻich maktabda oʻqiydi, bu yerda Estoniya SSSRga qoʻshilgandan soʻng buvisi bilan yashagan va 1944-yilda Qizil Armiya mamlakatha bostirib kirishi sababli qochqinlar oqimi bilan Shvetsiyaga keladi.
Shvetsiyada Ilon Wikland xolasi bilan yashagan, xolasi urushdan oldin Estoniyadan koʻchib ketgan va Stokgolmda rassom boʻlib ishlayotgan boʻlgan. Elon uning izidan borib, sanʼat maktabiga oʻqishga kiradi. Yigirma yoshida Ilon Rabén & Sjögren nashriyotida Astrid Lindgren bilan tanishib qoladi[3], yozuvchiga uning ishlarini yoqib qolishi, ularning uzoq hamkorligining boshlanishi turtki boʻladi. Ilon Wikland tomonidan rasman tasvirlangan birinchi kitob 1954-yilda nashr etilgan Lindgrenning Mio, bolajonim Mio asari boʻlgan. Wikland, shuningdek, Ann Mari Falk, Rose Lagercrantz, Edith Unnerstad va boshqa yozuvchilarning bolalar kitoblari uchun ham rasmlar yaratgan. 2007-yilda Tammerraamat nashriyoti estoniyalik yozuvchi Enno Tammerning „Ilona Wikland olami“ (estoncha: Ilon Wiklandi maailm) kitobini nashr etadi. 2009-yil 1-iyulda Haapsalu shahrining mintaqaviy muzeyida Ilon Wiklandga bagʻishlangan Iloni Imedemaa tematik markaz ochiladi[4].
1951-yilda Ilon dengizchiga turmushga chiqadi, Ularning toʻrtta qizi bor. Vikland hozir Stokgolmda istiqomat qiladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda uchinchi darajali Oq yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 2002-yilda Shvetsiya madaniyatiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Illis quorum oltin medali bilan taqdirlangan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Ilon Wikland" (Swedish). Nationalencyklopedin. http://www.ne.se/ilon-wikland. Qaraldi: 13 May 2010.
- ↑ „Рождённая рисовать“. 2007-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Счастливая случайность“. 2007-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Страна Чудес Илоны Викланд“. 2011-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Regeringens belöningsmedaljer och regeringens utmärkelse: Professors namn“ (sv). Regeringskansliet (2006-yil yanvar). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.