Ilmiy-ommabop kino
Ilmiy-ommabop kino – ilmiy kino turi. Barcha ilm jabhalari – fan, texnika muvaffaqiyatlari targʻib qilinadi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qayotning turli jihatlarini aks ettiradi. Ilk bor 1897-yilda koʻrsatilgan. Ilmiy publitsistika va kinojurnal shaklida boʻladi. Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini xulosalab koʻrsatadi, murakkab ilmiy muammolarni ommaga tushunarli qilib yetkazadi. Oʻzbekistonda imiy-ommabop kino ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi bor. „Gʻoʻza zararkunandalariga qarshi kurash“ (rejissyor N. Saidov), „Xalqobod“ (rejissyor I. Gibalevich), „Oʻzbek atlasi“ (rejissyor S. Davlatov), „Suv keldi“, „Turnalar choʻli“ (rejissyor D. Salimoye) va boshqalar filmlar shu studiyada ishlab chiqarilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.