Ilmiy-ommabop adabiyot
Ilmiy-ommabop adabiyot -xalq ommasini fan va texnika masalalari, yutuqlari hamda fan arboblari tarjimai xollari bilan tanishtirish uchun moʻljallangan nashrlar (kitob, risola, jurnal va boshqalar). Bu nashrlar ilmiy masalaning mohiyatini toʻla saqlagan holda uni keng omma uchun tushunarli uslubda bayon etadi, oʻquvchining gʻoyaviy-ilmiy saviyasini oʻstirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
I.-o.a. tarixi kitob bosish ixtiro qilinganidan koʻp asarlar muqaddam (Xitoyda mil. av. 12—10-asrlardan, qad. Misrda mil. av. 2ming yillikning oʻrtalaridan) boshlangan. Oʻrta Osiyoda Abu Nasr Forobiy ("Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi"), Abu Rayhon Beruniy ("Mineralogiya"), Abu Ali ibn Sino ("Donishnoma", "Tib qonunlari"), adabiyotshunos Olim Sha-rafiddinov ("Navoiy hayoti va ijo-di") asarlari I.o.a.ning ayni namunalari boʻla oladi.
Oʻzbekistonda I.-o.a. nashr etish ishi keyingi 60—70 yilda keng avj oldi. Respublikada bunday kitob va risolalarni "Oʻzbekiston", "Fan", "Oʻqituvchi", Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti chiqaradi. Mazkur nashriyotlarda "Fan haqida suhbatlar", "Salomatlik— tuman boylik", "Yosh faylasuflar kutubxonasi" kabi turkumlarda I.-o.a.lar nashr etiladi. Respublikada "Fan va turmush", "Tafakkur" jur.lari ilmiy-ommabop vaqtli nashrlar sanaladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |