Ilhom (studiya)
Ilhom – teatr-studiyasi Toshkentdagi drama teatri, Oʻzbekiston. OʻzSSRdagi birinchi mustaqil teatr. „Ilhom“ teatrining birinchi nomi „Teatr yoshlari eksperimental studiyasi“. Teatrda aktyorlar, rassomlar, musiqachilar, teatr mutaxassislari faoliyat yuritadi.
Teatr tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ilhom“ teatri Sovet Ittifoqidagi birinchi professional nodavlat teatrlardan biri hisoblanadi. Unga 1976-yilda rejissyor Mark Vayl (2007-yil sentabr oyida fojiali vafotigacha uning badiiy rahbari boʻlgan) hamda Toshkent teatr va rassomlik institutining bir guruh bitiruvchilari tomonidan professional aktyorlar uchun teatr studiyasi sifatida asos solingan. Ilhom teatri 1976-yilda M. Vayl tomonidan „Teatr yoshlari tajriba studiyasi“ nomi bilan tashkil boʻlgan. 1989-yildan hozirgi nomini egallagan.
Teatr koʻcha teatri anʼanalarida yaratilgan „Masxaraboz-76“ spektakli bilan boshlandi. Ushbu spektakl bilan truppa Novgorod viloyatida kontsert berishga bordi.
Spektakllari oʻzbek va rus tillarida ijro etiladi. Studiyaning asosiy maqsadi – teatr sanʼatida yangi ifoda vositalarini izlash, tajriba qilish, yosh dramaturg, aktyor va rejissorlarning ilk chiqishi (debyut) larini uyushtirishdan iborat. Eng yaxshi spektakllari: „Oʻrdak ovi“ (A. Vampilov), „Qoʻshiq uchun oʻlim yoʻq“ (G. Lorka), „Jamoat fikri“ (A. Baranga), „Muhammad, Mamed, Mamesh“ (Ch. Husainov), „Tikansiz tipratikanlar“, „Oq otlar uchun vals“, „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov), „Masharabozlar uchun regtaym“, „Oppoq, oppoq qora laylak“ (A. Qodiriy asarlari asosida), „Baxtli gadolar“ (K. Gotssi) va boshqalar. J. Obidov, K. Arutyunyan, A. Zavyalova, B. Matjonov, M. Kaminskiy, M. Turpishcheva, B. Zokirov kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari – Mark Vayl[1].
Teatrning rivojlanish bosqichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatr asoschisi Mark Vayl[2] taʼkidlashicha, „Ilhom“ teatri rivojlanishida uch bosqich boʻlgan: „Teatrda har doim maʼlum bir davra va odamlar oqimi boʻlgan, ular qachonki nimadir qilish kerak boʻlganida qilishgan, ammo „Ilhom“dagi ishlari tugashi bilanoq teatrni tark etishgan“.
Birinchi bosqich 1976-yilda tashkil etilgan boʻlib, taxminan 1982-yilgacha choʻzilgan. Uning birinchi gastroli Moskvada (Mossovet teatrining kichik sahnasida) boʻlib oʻtgan. „Ilhom“ repertuari Moskvada katta rezonansga sabab boʻlgan.
Ikkinchi bosqichni „qayta qurish“ yillari bilan bogʻlash mumkin. Bu vaqtda teatrda soʻzsiz improvizatsiya spektakllari oʻynay boshlangan. Masalan: vizual metafora teatri, masxarabozlik teatri. M. Vaylning „Masxarabozlar uchun ragtaym“, „Klomadey“, „Petrushka“ (I. Stravinskiyning „Petrushka“ baleti asosida) spektakllari shu davrga mansub.
Uchinchi bosqichni Mark Vayl SSSR parchalanib, mustaqil Oʻzbekiston vujudga kelgan paytdan boshlab „Ilhom“ teatri taraqqiyotida belgilab berdi. Rejissyorning fikricha, oʻsha davr spektakliga misol sifatida Gozsining „Baxtli tilanchilar“ spektaklini keltirish mumkin. Vayl 2006-yil aprel oyida „Rosbalt“ axborot agentligiga bergan intervyusida aytganidek, bu spektaklda „improvizatsiya janrining anʼanaviy niqoblari va oʻzbek maskarabozi jonlandi“[3]. Shuningdek, dramaturg Abdulla Qodiriyning[4] „Beliy beliy chorniy aist“, A. Pushkinning „Podrajeniya Koranu“[5], M. Maylning „Radeniye s granatom“, D. Tixomirovning spektakllari shu davrdga toʻgʻri keladi.
„Ilhom“ teatri ijodiy hayotining toʻrtinchi bosqichi 2007-yil 7-sentyabrdagi fojiali voqea – Mark Vayl vafotidan soʻng boshlandi. Mark Vayl vafotidan soʻng aktyor Boris Gʻofurov „Ilhom“ teatrining badiiy rahbari boʻldi. Hozir teatr bir vaqtning oʻzida klassika (Alisher Navoiyning „Yetti oy“) va zamonaviy drama (Mixail Ugarovning „Bummer off“, Mixail Durnenkovning „Axlat“, Y. Klavdiyevning „Devor ortida yomgʻir“) ikkita yoʻnalishni rivojlantirmoqda.
Teatr Germaniya, Fransiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Litva, Yugoslaviya, Gruziya, Isroil, Yaponiya, AQSh va Rossiyaning koʻplab shaharlarida gastrollarda boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „'Ильхом' - это больше, чем театр“ (ru). Росбалт. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ Масхарабоз — узбекский национальный разговорный жанр.
- ↑ Юлия Нетёсова, «Прощание с Марком Вайлем». «Росбалт», 13 сентября 2007 года. (Wayback Machine saytida 2009-11-27 sanasida arxivlangan): Эта пьеса, сохранившаяся в черновиках, была написана узбекским прозаиком Абдуллой Кадыри в тридцатые годы XX века, её Марк Вайль собирал по архивам два года. В спектакле затрагивается весьма непростая для консервативного общества тема: действие происходит в начале XX века в Ташкенте, и по сценарию молодой парень-узбек начинает испытывать к своему другу чувства, которые переполняют его и, возможно, уже не помещаются в определение дружбы. Поднятие этой темы в театре «Ильхом», даже в очень аккуратной эстетической манере, которая всегда была присуща Вайлю, безо всякой грязи и порнографии, явилось по мнению ряда комментаторов своего рода нарушением культурного табу.
- ↑ „Узбекистан: Обвиняемые в убийстве Марка Вайля считают режиссера виновным в собственной смерти“. Фергана.Ру. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |