Ijtimoiy jamgʻarma
Ijtimoiy jamgʻarma, ijtimoiy fond — fukarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyeriy mulkiy badallar qoʻshish asosida taʼsis etilgan tashkilot. I.j. xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlab tuziladi, ularning aʼzolari boʻlmaydi. I.j. ning rahbar organini taʼsischilar va qatnashchilar tuzadi yoki bu organ I.j. taʼsischilari karori bilan, yo boʻlmasa qatnashchilar tomonidan qurultoy (konferensiya) yoki umumiy majlisda saylash yoʻli bilan tuziladi. Oʻzbekistonda xalqaro, respublika, mahalliy I.j., shuningdek, turli xalqaro jamgʻarmalarning boʻlimlari tashkil qilingan. Muassislar oʻzlari tashkil etgan jamgʻarma (fond)ning majburiyatlari boʻyicha, jamgʻarma (fond) esa oʻz muassislarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. I.j. mol-mulkdan oʻz ustavida belgilangan maqsadlar uchun foydalanadi. Jamgʻarma (fond) oʻz ustavida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqli, buning uchun xoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin. I. j. ning faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi FKda belgilab berilgan (75-modda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |