Ijtimoiy holat
Qiyofa
Ijtimoiy holat – fuqarolarning uning ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, mulki va lavozimi holatiga qarab hamda u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini ifoda etuvchi tushuncha hisoblanadi. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq hamda erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi shuningdek ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi belgilab quyilgan[1]. Shu jumladan beriladigan imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shartligi qatʼiy belgilanganligi eʼtiborga olinadi[2].