Iide togʻi
Iide togʻi | |
---|---|
Iide togʻining koʻrinishi | |
Joylashuvi |
Fukushima, Tōhoku regioni, Yaponiya 37°51′17″N 139°42′26″E / 37.85472°N 139.70722°E |
Yaponiya tabiiy xaritasi |
Iide togʻi (yaponcha: 飯豊山 Iide-san ) Yaponiyaning Fukushima, Niigata va Yamagata prefekturalarini qamrab olgan Iide togʻ tizmasining asosiy choʻqqisi hisoblanadi. Togʻ tepasida Iide tog'i ziyoratgohi (yaponcha: 飯豊山神社 ) joylashgan. Iide togʻi qolgan togʻlar bilan birgalikda Kyuya Fukadaning „100 ta mashhur yapon togʻlari“ kitobida tasvirlangan togʻlar qatoriga kiradi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iide togʻi dengiz sathidan 2105 m [2] balandlikda joylashgan, garchi u IIde togʻ tizmasining asosiy choʻqqisi boʻlsa ham, Iide togʻi tizmaning eng baland choʻqqisi deya etirof etilmaydi. Togʻ tizmasiga qarashli eng baland choʻqqi — Dainichi tog'i (yaponcha: 大日岳 Dainichi-dake ) boʻlib, uning balandligi Iide togʻidan 23 metrga farq qiladi yaʼni 2128 m ga teng[2].
Borish yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iide togʻi Niigata prefekturasi va Yamagata prefekturasi oʻrtasidagi chegarada joylashgan, ammo choʻqqining oʻzi, Iide togʻi va u yerga olib boradigan taxminan bir metr kenglikka ega boʻlgan yoʻli Fukushima prefekturasining Kitakata shahridan oʻtadi. Bu yoʻl Higashikanbara tumani Meiji davrida Fukushima prefekturasidan Niigata prefekturasiga xalqning talabiga binoan, koʻchirilgan vaqtda, boshqa prekefturaga oʻtib qolgan. Shu sababli ham, Fukushima prefekturasi notekis chegaraga ega, Fukushima chegarasi Iide togʻ tizmasi orqali Iide togʻi ziyoratgohiga qadar choʻzilgan[3]. Toqqa chiqish uchun asosan yoz oylari maqul vaqt boʻlib, qishda unga boradigan yoʻllar anchagina noqulay boʻlib qoladi, bu esa uning xavflilik darajasini oshiradi. Yangi yosh alpinistlarga bu vaqtda toqqa chiqish tavsiya etilmaydi. Ob-havo sharoitining holatiga koʻra choʻqqini Fukushima, Niigata va Yamagata prefekturalarida turib ham yaqqol koʻrish mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fukada, Kyūya. 日本百名山 (Nihon hyaku meizan), Kaihan., Tōkyō: Shinchōsha, 1978 — 108–112-bet. ISBN 978-4-10-122002-4.
- ↑ 2,0 2,1 „Mount Iide“ (Japanese). Kitakata-shi, Fukushima official webpage. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-avgust.
- ↑ „Iide history“ (Japanese). Kitakata Sightseeing Association. Kitakata City. 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.