Igor Zevelyov
Igor Aleksandrovich Zevelyov | |
---|---|
Tavalludi |
7-dekabr 1955 Toshkent |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | siyosatshunos va muallif |
Sohasi | Siyosatshunoslik, Xavfsizlik tadqiqotlari, Xalqaro munosabatlar |
Turmush oʻrtogʻi | Galina Zevelyova |
Igor Aleksandrovich Zevelyov (ruscha: Igor Aleksandrovich Zevelëv) – rossiyalik siyosatshunos.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Zevelyov sobiq SSSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. 1966-yili oʻn yoshida ota-onasi va singlisi bilan birga Moskvaga koʻchib oʻtgan. 1978-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutini[1] tamomlagan. Institutda tarix fakultetida birma, xitoy va ingliz tillarini oʻrgangan. 1982-yili Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakulteti nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Zevelyov xayriya va jurnalistika sohalarida akademik va tadqiqot ishlarida rahbarlik ishlarida faoliyat olib borgan.
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari institutini tugatgandan soʻng[1], akademik faoliyatini boshlagan. 1981–1988-yillarda Moskva Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan[2]. 1988–1999-yillarda Moskva Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti[3] (IMEMO) qoshidagi Rivojlanayotgan mamlakatlar markazida direktor oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2000-yilda Germaniyaning Garmish-Partenkirxen shahridagi Jorj Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlik tadqiqotlari markazida oʻqituvchilik lavozimida ishlash uchun Qoʻshma Shtatlarni tark etadi. U yerda besh yil davomida Rus tili boʻyicha professor boʻlib ishlaydi.
2005-yilda Vashingtonga qaytib kelib, RIA Novosti Rossiya axborot va axborot agentligining Vashington byurosi boshligʻi lavozimida ishlaydi.
2008-yilda Igor Zevelyov AQShdan Moskvaga qaytib kelgan. Soʻng, D. Jon va T. Ketrin MakArtur fondining Rossiyadagi vakolatxonasi direktori lavozimini egallagan. MacArtur fondi Rossiyada oliy taʼlimni davom ettirish, inson huquqlarini taʼminlash va yadro quroli tarqalishini cheklash uchun 173 million dollardan ortiq grant ajratgan. Jamgʻarmaning Rossiyadagi vakolatxonasi yopilgandan soʻng, tadqiqot ishlarini AQShda davom ettiradi[4].
Zevelyov 2016–2017-yillarda Vashingtondagi Vudro Vilson nomidagi Xalqaro olimlar markazi hamda Xavfsizlik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) ilmiy xodimi boʻlgan. Shuningdek, 2017-yilda Jon Xopkins universitetining Ilgʻor xalqaro tadqiqotlar maktabida (SAIS) dars bergan. 2017–2019-yillarda Jorj S. Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlik tadqiqotlari markazida milliy xavfsizlikni oʻrganish professori boʻlib ishlagan[5]. 2020–2022-yillarda esa Uilson markazida global ilmiy xodim boʻlgan.
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Russia and Its New Diasporas (Vashington, Kolumbiya okrugi: Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik Matbuot Instituti, 2001).
- Global Security Beyond the Millenium: American and Russian Perspectives, Sharyl Cross bilan birgalikda tahrirlangan (London: Macmillan Press, 1999).
- Modern Asia: Political Development and Human Rights (Moskva: IMEMO, 1991), rus tilida.
- Urbanization and Development in Asia (Moskva: Progress Publishers, 1989), ingliz tilida; (Moskva: Progress Publishers, 1990), Bengal tilida; (Moskva-Dehli-Jaypur: Progress Publishers-Xalq nashriyoti-Rajasthan xalq nashriyoti, 1990), hind tilida.
- Southeast Asia: Urbanization and Problems of Social Development (Moskva: Nauka nashriyoti, 1985), rus tilida.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „ИСАА МГУ“. www.iaas.msu.ru. 2014-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ru“. ivran.ru. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ „IMEMO | Official Site“. IMEMO | Official Site. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ „Statement of MacArthur President Julia Stasch on the Foundation's Russia Office — MacArthur Foundation“ (en). www.macfound.org. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ „Igor Zevelyov“.[sayt ishlamaydi]