Igna baliqlar
Qiyofa
Igna baliqlar (Syngnathus) – dengiz kirpilari oilasiga mansub baliklar urugʻi. Tanasi 6 yoki 7 qirrali, ingichka, uzunligi 40 sm gacha. Tumshugʻi ingichka va choʻziq, ogʻzi kichik, tishsiz. Dum suzgichlari kichik, qorin suzgichlari boʻlmaydi. Erkagining qornida yoki dum tomonida uvildiriq saqlaydigan kamerasi boʻladi. Bu kameraga urgʻochisi uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklarga shilimshiq parda orqali qondan kislorod kelib turadi. 50 tacha turi maʼlum: tropik, subtropik va moʻʼtadil dengizlarda (jumladan Qora va Kaspiy) da tarqalgan. Iqtisodiy ahamiyatga ega emas[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |