Ifor yoxud bir mahkum qissasi (film)
Ifor yoxud bir mahkum qissasi | |
---|---|
Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders | |
Rejissyor(lar) | Tom Tikver |
Prodyuser(lar) | Bernd Eichinger |
Ssenariynavis(lar) |
Bernd Eichinger Tom Tykwer |
Qaysi asarga asoslangan |
Patrick Süskind romani asosida |
Rollarda |
Ben Whishaw |
Studiya(lar) |
Constantin Film[1] VIP Medienfonds 4[1] Nouvelles Editions de Films[1] Castelao Productions[1] |
Distribyutor |
DreamWorks Pictures[1] Paramount Pictures (Shimoliy Amerika)[1] Constantin Film Verleih[1] (Germaniya) Metropolitan Filmexport (Fransiya) Filmax (Ispaniya)[2] |
Davomiyligi | 147 daqiqa |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $6 mln |
Daromadi | $135 mln |
Ifor yoxud bir mahkum qissasi (nemischa: Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders ) – 2006-yilda rejissyor Tom Tykwer tomonidan suratga olingan dramatik film. Patrick Süskindning shu nomdagi romani asosida suratga olingan[2].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1738-yili Parijda gʻayrioddiy chaqaloq – Jean-Baptiste Grenouille Parij kanalizatsiyasida, baliq bozori peshtaxtasi ostida dunyoga keldi. Bir uyum baliq ichaklari orasiga tashlab ketilgan chaqaloq hayotidagi hech narsa bilan taqqoslab boʻlmaydigan birinchi zarbani boshdan kechiradi. Bolalar uyidan uni koʻnchi Grimal asrab oladi. Grenouille koʻp yillar davomida unga xizmat qiladi. Teri savdosi bilan shugʻullanayotgan Grenouille qochib ketadi va italiyalik parfyumer Baldiniy (Dustin Hoffman) doʻkoniga kirib qoladi. Uning doʻkoni katta tanazzulga yuz tutagandi. Grenouille parfyumerlik sanʼatini oʻrganish istagini bildirganda Baldiniy avvaliga uni rad etadi. Keyinchalik Grenouille sinov tariqasida „pala partish“ deb hisoblanuvchi „Cupid and Psyche“ parfyumeriya formulasini aralashtirishni taklif qiladi. Gʻazablangan Baldiniy Grenouilleni haydab yuboradi, lekin aralashmani sinab koʻrgach, bolakay daho ekanligini tushunadi. Grenouillening xushboʻy hidlar yaratish qobiliyatidan hayratda qolgan Baldiniy uni koʻnchilik zavodidan 50 frankga sotib oladi va oʻziga shogird qilib oladi.
Keksa parfyumer qoʻlida ishlagan Grenouille unga yuzlab parfyumeriya formulalarini qoldiradi. Xushboʻy hidlarni saqlash sanʼatini oʻrganish istagida Parijdagi eng yaxshi parfyumerlar chiqqan Fransiyaning Grasse shahriga yoʻl oladi. U yerda qahramon oʻzining shafqatsizligi va sovuqqonligi bilan hayratlanarli tajriba oʻtkazishni reja qiladi – sevib qolishga, odamlarni aqldan ozdirishga va olomonni boʻysundirishga qodir boʻlgan yagona va takrorlanmas atir yaratishga qaror qiladi. Soʻngra oʻn uch qizning iforini aralashtirib, ularni birin-ketin oʻldiradi va koʻchaga tashlab ketadi. Ulardan iforni „chiqarib olish“ uchun Grenouille qurbonlarning yalangʻoch tanasini hayvon yogʻi bilan boʻyalgan teriga oʻraydi va sochlarini kesgan holda undan ham iforni siqib chiqaradi. Bunday qoʻpol jinoyatlardan qoʻrqib ketgan shahar aholisi va ayniqsa shahar zodagonlari qizlarini yashirishga harakat qiladilar. Xalq tomonidan qotilni jazolashga chaqirilgan arxiyepiskop oʻz hukmini shunday deb eʼlon qiladi – „jinoyatchi cherkovdan umrbodga haydab yuboriladi, u hech qachon muqaddas marosimlarda qatnasha olmaydi va hech qachon kechirilmaydi“.
Yaratilajak ifor uchun barcha kerakli „tarkibiy qismlarni“ yigʻib boʻlgach Jean-Baptiste oʻzining oxirgi qurboni Lauraning otasi (Alan Rickman) tomonidan qoʻlga olinadi. Sud jarayonida koʻplab odamlar qotilning oʻlimga hukm qilinishini talab qilishadi, lekin bir necha daqiqadan soʻng ular atir hididan karaxt boʻlib qolishadi. Ularning koʻzlariga farishta va yangi masih boʻlib koʻringan Jean-Baptiste oldida barchasi taʼzim qilishadi. Qotil kundasi oldiga chiqishdan oldin Grenouille qordek oppoq roʻmolchaga bir tomchi atirni quyadi va hamma odamlar bu xushboʻy hidni sezib, qotilni aybsiz deb eʼlon qilishadi. „U begunoh“, – deb pichirlaydi jallod tiz choʻkib va oxirgi qurbonning otasi uni oʻz oʻgʻli deb tan oladi. Atir nafaqat Jean-Baptistening hayotini saqlab qoladi, balki arxiyepiskopning boshida boʻlgan maydonda ommaviy orgiyani ham qoʻzgʻatadi. Ertasi kuni ertalab hushiga kelgan odamlar yana qotilni qidirishga kirishadilar. Jean-Baptistening oxirgi ish beruvchisi qoʻlga olinadi va qatl qilinadi, uning uyida qurbonlarning sochlari va kiyimlari qoldiqlari topiladi. Grenouille Parijga boradi va bir guruh uysiz odamlarni koʻrib, butun shisha atirni oʻzining ustidan quyib yuboradi, bu esa uni aqldan ozgan olomon tomonidan yoʻq qilinishiga olib keladi. Bu voqea Parij markazidagi bozorda sodir boʻladi. Yaʼnikim u tugʻilgan joyda[1].
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ben Whishaw Jean-Baptiste Grenouille rolida
- Alan Rickman Antoine Richis rolida
- Rachel Hurd-Wood Laure Richis rolida
- Dustin Hoffman Giuseppe Baldini rolida
- Sian Thomas Madam Gaillard rolida
- Corinna Harfouch Madam Arnulfi rolida
- Sam Douglas Grimal rolida
- Birgit Minichmayr Grenouillening onasi
- Karoline Herfurth olxoʻri sotuvchi malla soch qiz rolida
- Dora Romano Baldiniyning xotini rolida
- Carlos Gramaje Politsiya leytenanti rolida
- David Calder as Grass episkopi rolida
- Jessica Schwarz Natalie rolida
- Joanna Griffiths Marianne rolida
- Sara Forestier Jeanne rolida
- Timothy Davies Chenier rolida
- Paul Berrondo Druot rolida
- John Hurt hikoyanavis sifatida (inglizcha)
- Otto Sander hikoyanavis sifatida (nemischa)
- Jacques Perrin hikoyanavis sifatida (fransuzcha)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Perfume: The Story of a Murderer (2006)“. Box Office Mojo. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Нейтан 2021.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Нейтан, Иэн. Ридли Скотт. Гений визуальных миров. От Чужого до Марсианина, Подарочные издания. Кино. М.: Эксмо, 2021. ISBN 978-5-04-113211-8.
- Парфюмер. От книги к фильму. М.: Азбука-классика, 2007. ISBN 978-5-91181-445-8.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ComingSoon veb-sayti uchun rejissyor Tom Tykver bilan suhbat. (Wayback Machine saytida 2006-12-24 sanasida arxivlangan) Net (Wayback Machine saytida 2006-12-24 sanasida arxivlangan) Arxiv nusxasi(ingl.)
- Ben Vishoning ComingSoon veb-sayti uchun intervyusi. (Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan) Net (Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan) Arxiv nusxasi(ingl.)