Kontent qismiga oʻtish

Ifni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ifni (barbar tilida — toshloq choʻl) — Marokashning Atlantika okeani sohilidagi hududi. 1860 yilda Ispaniya bosib olgan. 1904 yildan Ispaniyaning rasmiy mustamlakasi. Marokash va Ispaniya hukumatlari oʻrtasida bir necha yil davom etgan muzokaralardan soʻng Ispaniya I.ni 1969 y. 4 yanvarda Marokashga qaytarib berishga majbur boʻldi va oʻsha yilning 30 iyunida u Marokashning Tarfaya viloyati tarkibiga kiritildi. Maʼmuriy markazi — Si-di-Ifni. Aholisi yarim koʻchmanchi deh-qonchilik, koʻchmanchi chorvachilik va baliq ovlash bilan hayot kechiradi. Ishlanadigan yerlar (jami maydonining 1/5 qismi)da arpa, bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, turli buyumlar tayyorlanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil