Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim oxund madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Ibrohim oxund madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Koʻkaldosh MFY, Mehtar Anbar koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mulla Mir Ibrohim Qashgʻariy
Homiylar Mulla Mir Ibrohim Qashgʻariy
Binokorlik 18581859-yillar
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Varaxsha arxeologiya muzeyi
Turistik xizmat koʻrsatish obʼekti
Hujralar soni 38
Qurilish materiali Pishiq gʻisht, ganch, tosh
Sayt Rasmiy sayt


Ibrohim oxund madrasasiOʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Binoda Varaxsha arxeologiya muzeyi joylashgan

Madrasa 1858–1859-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Oybibi inoq (Oybinok) guzarida[2], oʻzbek hukmdori Nasrullaxon (1827–1860) hukmronligi davrida, Mulla Mir Ibrohim Qashgʻariy (Ibrohim oxund) mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[3]. 32 ta hujra va 1 ta darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasa uchun Toqi Miyona mavzesida 1 ta hammom, Kokilai xoʻrd guzarida 1 ta oziq-ovqat doʻkoni, Xoja Muhammad Parron guzarida kovush boʻyash saroychasi, boloxonali baqqollik, Labi hovuz boʻyidagi rastada yonma-yon ikkita moshfurushlik va oltita gʻishtin doʻkonlar vaqf qilingan[2].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Nasrullaxon va qozi ul-quzzot Soʻfi Xoja ibn oxund Omonullaxoja muhrlari bilan tasdiqlangan[2].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

1995-yilda madrasada Varaxsha arxeologiya muzeyining ekspozitsiyasi tashkil etilgan boʻlib, unda Varaxshadan topilgan arxeologik topilmalar bilan tanishish mumkin[4].

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 25 million soʻm mablagʻ ajratildi[5].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan. Binoda Varaxsha arxeologiya muzeyi joylashgan[5].

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Mehtar Anbar nomidagi koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq kvadrat gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 38 ta hujradan iborat. XIX asrda Oybinok masjidi va Muhammad Nabi madrasalari bilan birga mustaqil meʼmoriy ansamblni tashkil etgan[4].

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.