Ibrohim Nurmonov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ibrohim Nurmonov (1936.29.12, Samarqand viloyati) — aktyor, rejissor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik boʻlimini (1965) va rejissorlik boʻlimini (1982) tugatgan. 1965-yildan Kattaqoʻrgon teatrida ishlaydi (1982—85 yillar teatr direktori va badiiy rahbari, 2000-yildan bosh rejissor). Komilov (I. Sulton, "Imon"), Sorrini (M. Lermontov, "Ispanlar"), Niyoz (I. Sulton, "Nomaʼlum kishi"), Navoiy (I. Maxsumov, "Navoiy Astrobodda"), Husniddin (Ya. Xudoyqulov, "Sud") kabi obrazlar yaratdi. U oʻz qahramonlarini romantik his-tuygʻular va falsafiy mazmun bilan chuqur ochishga intiladi. N. sahnalashtirgan "Oltin devor" (E. Vohidov), "Mehribonlar" (J. Asomiddinov), "Tobutdan tovush" (A.Qahhor), "Zebunniso" (Uygʻun), "Makr va muhabbat" (F.Shiller), "Oʻzing uchun oʻl yetim" (Oʻ. Umarbekov), "Armon" (Ya. Xudoyqulov) kabi spektakllarda ijrochilar ansamblining yaxlitligi taʼminlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |