Ibrohim Komilov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ibrohim Komilov | |
---|---|
Tavalludi |
15-may 1928 Farg'ona viloyati, Rishton tumani |
Vafoti |
2002 Farg'ona viloyati, Rishton tumani |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Kulol |
Ibrohim Komilovich Komilov (1928-yil 18-may, Rishton tumani — 2002-yil Farg‘ona viloyati Rishton tumani) — kulol, naqqosh, kullollar sulolasining yettinchi avlodi Oʻzbekiston xalq rassomi (1973), SSR davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston xalq ustasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Komilov 1928-yil 18-mayda Oʻzbekiston SSR Farg‘ona viloyati, Rishton shahrida tavallud topgan[1]. U otasi — Usto Komil va uning ukalari: Usto Dodo va Usto Madamin (Mulla Madamin Oxun), shuningdek, XIX asrda mashhur ustalaridan bo‘lgan Bobo Xoji Mirsalimov shogirdi rishtonlik usta Usto Mirsodiqdan tahsil olgan. Usta 60 yil davomida Rishton keramik zavodida faoliyat yuritgan. U kulolchilikning turli yo‘nalishlari, chinnipazlik, chizmalar, shakl va turli xil kulolchilik uchun zarur bo‘lgan loy qorishmalari texnologiyalari bo‘yicha eng mashhur ustalardan biri bo‘lgan.
U kulolchilik uchun ishqor loyini yanada mukammallashtirish va uni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Toshkentdagi Baranov keramik artelida taʼlim olgan. Rigada ijodiy safarda bo‘lgan. O‘zbekistondagi va horijiy ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Ustaning ijodiy ishlari O‘zbekiston Davlat muzeyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Farg‘ona viloyati muzeyi, Moskva Sharq sanʼati muzeyi, Sankt-Peterburg etnografiya muzeyi, Davlat Ermitaji-va xorijiy to‘plamlarda uchraydi.
1970-yildan Rishton keramika zavodida rassom sifatida ishlagan. Komilov qadimgi Rishton kulollik maktabi anʼanalarini qayta tiklashga katta hissa qoʻshdi va uning yangi, chidamli va nafis namunalarini yaratdi. U yaratgan buyumlar (lagan, kosa, shokosa, piyola, guldon va boshqalar) havo rang koloriti, oʻziga xos uslublashtirilgan naqshlari va hayvonlarning ramziy shakllari bilan ajralib turadi. Komilov anʼanaviy uslubda tayyorlagan koshinlar zamonaviy binolarni bezab turibdi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzeylarda, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi (jumladan, Yaponiyadagi eng yirik kulollik toʻplamlaridan keng oʻrin olgan).
Ibrohim Komilov — Rishtondagi hashar yordamida qurib bitirilgan XII asrning mashhur islom dini targ‘ibotchisi Burxaniddin al- Marg‘inoniy maqbarasini bezatib turgan yog‘och o‘ymakorligi dizaynini muallifi sanaladi.
1950-yildan respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002).[2]
1997 yildan beri „Hunarmand“ O‘zbekiston xalq ustalari Uyushmasi aʼzosi.
Bolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qizi — Xalima Ergasheva, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor. O‘g‘li — Komilov Ismoiljon, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor. O‘g‘li — Komilov Isroil, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor. O‘g‘li — Komilov Muzaffar, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor. O‘g‘li —Komilov Sharofiddin, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „O‘zbekiston xalq artisti“ (1973)
- SSSR Davlat mukofoti laureati (1983))
- "O‘zbekiston mehnat shon-sharaf kitobi „Mexnat“da (1984) yozilgan.
- UNESCO BMTTDning „Ustoz-shogird“ dasturi aʼzosi (1996)[3].
- „O‘zbekiston xalq ustasi“ (1998)
- O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Oltin medali bilan taqdirlangan (2002).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O’zbekiston xalq rassomi Ibrohim Komilov tavallud topgan kun“. 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2072 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих, работников производства и социально-экономической сферы
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |