Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Hafizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hafizov Ibrohim (1870-1940) -buxorolik meʼmor. Hunarni otasi bilan birga ishlab, usta Xalilga shogird tushib (1880—88) oʻrgangan. 1888-yildan mustaqil usta. Hafizov muqarnasli sharafa va namoyonlarga handasiy va islimiy uslubida naqsh ishlash sanʼatini puxta egallagan. Qoʻshmadrasa yaqinidagi Qozi Baqoxon uyi, Karmanadagi Abdulahadxon saroyi, Sarim Sulton, Xayro-bod, Chorbogʻ Charimgari, Chorbogʻgul saroylari va uylarini qurishda qatnashgan. Xon saroyida gilkorlik qilgan. Ark saroyini qayta tiklashda, Buxoro shahridan Sitorai Mohi Xosagacha boʻlgan yoʻlga tosh yotqizishda, fabrika qurishda (1928— 34) va boshqalarda ishtirok etgan. Hafizovning 100 dan ortiq loyihalari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.