Kontent qismiga oʻtish

Ibrat muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017–yil 13-apreldagi qarori bilan „Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli maʼrifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori asosida Toʻraqoʻrgʻon tumanida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan va Is’hoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish maqsadida memorial majmua bunyod etilgan[1].Gʻoyibnazar qozi madrasasi meʼmoriy yodgorlik binosi rekonstruksiya qilinib, Ibrat muzeyi tashkil etilgan. Xalq amaliy sanʼati va badiiy xunarmandchilik markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Muzey haqida qisqacha maʼlumot. Muzey joylashgan bino 1860-yil Gʻoyibnazar qozi farmoni bilan toliblar ilm olishi uchun moʻljallangan madrasa sifatida Mulla Qirgʻiz ibn Ibrohim tomonidan qurilgan. Ibrat xuddi shu yerda qozi lavozimida oʻz faoliyatini yuritgan. Bino taʼmirlanib muzey ekspozisiyasi uchun ixtisoslashtirilgan. Bino isitish tizimi, kondisionerlar va xavfsizlik video kuzatuv tizimi bilan taʼminlangan.

Muzey ekspozisiyasi media maʼlumot beruvchi zamonaviy infokiosklar va televizorlar bilan jihozlangan[2].

Muzey ekspozisiyasi boʻlimlari

Is’hoqxon Toʻra Ibrat muzeyi

1. Is’hoqxon Toʻra Ibrat hayoti va shaxsiy buyumlari

2. Is’hoqxon Toʻra Ibrat ilmiy salohiyati

3. Is’hoqxon Toʻra Ibrat ijod xonasi

Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi[3]