Kontent qismiga oʻtish

Ibn Abu Isʼhoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdulloh ibn Abu Isʼhoq al-Hadramiy (arabcha: عَبْدُ اللّهِ بْنُ أَبِي إِسْحَاقَ الْحَضْرَمِيُّ) (717-yilda tugʻilgan)[1][2] – yamanlik arab. Arab tili grammatikasi bilan shugʻullangan[3]. Badaviylarning til qoʻllanishiga tayanib, meʼyoriy grammatikani tuzgan. Shuningdek, arab tilida lingvistik analogiyadan foydalangan ilk shaxs tan olinadi[3].

Ibn Abu Ishoqning ikki shogirdi Horun ibn Muso va Abu Amr ibn al-Alo edi[4][5]. Shogirdi al-Saqafiy koʻproq meʼyoriy qarashlarni, al-Ala esa koʻproq tavsifiy yondashuvni qoʻllagan. Ularning tafovutlari arab tili grammatikasining Kufa va Basra maktablariga boʻlinishiga asos boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ibn Abu Is’hoq oddiy nutq tahlilidan koʻra grammatika qoidalarini yaxshiroq bilgani aytiladi[6].

Abu Is’hoqning ishi keyingi grammatikachilar uchun katta taʼsir koʻrsatgan. Buning isboti sifatida Sibavayh oʻzining arab grammatikasiga oid asosiy asarida uni yetti marta obroʻli manba sifatida keltirgan[7].

  1. Gregor Schoeler, Uwe Vagelpohl and James E Montgomery. The Oral and the Written in Early Islam, pg. 187. London: Routledge, 2006. ISBN 9781134158805
  2. Kees Versteegh, Arabic Grammar and Qur’anic Exegesis in Early Islam, pg. 17. Leiden: Brill Publishers, 1993. ISBN 9789004098459
  3. 3,0 3,1 Monique Bernards, „Pioneers of Arabic Linguistic Studies.“ Taken from In the Shadow of Arabic: The Centrality of Language to Arabic Culture, pg. 213. Ed. Bilal Orfali. Leiden: Brill Publishers, 2011. ISBN 9789004215375
  4. Sībawayh, ʻAmr ibn ʻUthmān (1988), in Hārūn, ʻAbd al-Salām Muḥammad, Al-Kitāb Kitāb Sībawayh Abī Bishr ʻAmr ibn ʻUthmān ibn Qanbar, Introduction (3rd ed.), Cairo: Maktabat al-Khānjī, p. 13.
  5. M. G. Carter, Sibawayh, pg. 21. Part of the Makers of Islamic Civilization series. London: I.B. Tauris, 2004. ISBN 9781850436713
  6. Gregor Schoeler, The Oral and the Written in Early Islam, pg. 187. Trns. Uwe Vagelpohl, ed. James E Montgomery. Routledge Studies in Middle Eastern Literatures. London: Routledge, 2006. ISBN 9781134158805
  7. Kees Versteegh, Arabic Grammar and Qur’anic Exegesis in Early Islam, pg. 17. Leiden: Brill Publishers, 1993. ISBN 9789004098459