iMessage
iMessage – Apple kompanyasi tomonidan 2011-yilda ishlab chiqilgan tezkor xabar almashish xizmat turi hisoblanadi. iMessage faqat Apple platformalarida ishlaydi. Bular: macOS, iOS, iPadOS va watchOS.
2011-yilda iOS’da ishga tushirilgan[1] iMessage 2012-yilda macOS’ga (oʻsha paytdagi OS X) ham qoʻllana boshladi. 2020-yilda Apple macOS Messages ilovasining butunlay qayta ishlangan variantini eʼlon qildi. Ilgari Mac’da mavjud boʻlmagan baʼzi xususiyatlar, jumladan, joylashuv yuborish va xabar yuborishdagi effektlar qoʻshiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]iMessage Scott Forstall tomonidan 2011-yil 6-iyunda WWDC 2011 asosiy nutqida eʼlon qilindi. iOS uchun Messages ilovasining iMessageni qoʻllab-quvvatlaydigan versiyasi 2011-yil 12-oktabrda iOS 5 da qoʻllanila boshlandi. 2012-yil 16-fevralda Apple iChat oʻrnini bosuvchi yangi Messages ilovasi OS X Mountain Lionning bir qismi boʻlishini eʼlon qildi[2].
2012-yil 23-oktabrda Apple kompanyasi bosh direktori Tim Cook Apple qurilmasi foydalanuvchilari iMessage yordamida 300 milliard xabar joʻnatganini va Apple soniyasiga oʻrtacha 28 000 ta xabarni yetkazib berishi haqidagi statistikani eʼlon qildi[3]. 2016-yilning fevralida Eddy Cue iMessages soniyasiga 200 000 tagacha xabar yuborganini aytib oʻtdi[4].
2014-yilning may oyida Apple foydalanuvchisi boʻlmagan shaxs iMessage orqali yetkazilayotgan xabarlar Apple qurilmasi boʻlmagan aloqa vositalari manziliga yetib bormasligi bilan bogʻliq muammo yuzasidan Appleʼga qarshi daʼvo qoʻzgʻagan edi[5][6]. 2014-yil noyabr oyida Apple iMessageni qayta koʻrib chiqdi hamda kerakli choralarni koʻrdi[7][8]. Federal sud Apple foydasiga daʼvoni rad etdi[9].
2016-yilning 21-martida Johns Hopkins universiteti tadqiqotchilari guruhi iMessage orqali yuborilgan maʼlumot, fotosuratlar, videolarning shifrlangan matnlarga ega ekanligi hamda bu maʼlumotlar tarqatilishi mumkinligini koʻrsatgan hisobotni chop etdi[10][11].
2020-yil 22-iyun kuni boʻlib oʻtgan WWDC 2020 anjumanida Apple oʻzining 2020-yil oxirida chiqarilishi rejalashtirilgan macOS operatsion tizimining navbatdagi versiyasini taqdim etdi. Bunda Big Sur xabar effektlari, eslatmalar, stikerlar va joylashuvni yuborish kabi avval faqat iOS qurilmalarida mavjud boʻlgan iMessages ilovasining qayta ishlab chiqilgan versiyasi koʻrish mumkin.
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]iMessage foydalanuvchilarga Internet orqali boshqa iOS yoki macOS foydalanuvchilariga matnlardan tashqari hujjatlar, fotosuratlar, videolar, audio xabarlarini yuborish imkonini beradi. Xabarlar ostidagi „SMS sifatida yuborish“ sozlamasi, agar joʻnatuvchida faol Internet aloqasi boʻlmasa, xabar SMS orqali yuborilishi ham. Agar qabul qiluvchida Internet aloqasi boʻlmasa, ulanish tiklanmaguncha xabar serverda saqlanadi.
Platformalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]iMessage faqat iOS, iPadOS, macOS va watchOS kabi Apple operatsion tizimlarida mavjud. Boshqa baʼzi xabar almashish ilovalaridan farqli oʻlaroq, u Android yoki Microsoft Windows uchun ishlamaydi. iMessagening maxsus veb-sahifasi mavjud emas. Bu iMessagega faqatgina Apple operatsion tizimidan foydalanadigan qurilmadagi ilova yordamida kirish kerakligini anglatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „iOS 5 - See new features included in iOS 5“. Apple. 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-oktyabr.
- ↑ „OS X Mountain Lion - See everything the new OS X can do.“. 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.. Archived from the original on June 15, 2012.
- ↑ Zach Epstein. „Apple Kicks Off iPad Mini Event: 3 Million New iPods Sold, iOS 6 Now On 200 Million Devices“. Boy Genius Report (2012-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 17-fevral.
- ↑ Leswing, Kif. „Apple says people send as many as 200,000 iMessages per second“. Business Insider (2016-yil 12-fevral). Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ Jim Edwards. „Apple Lawsuit iPhones Don't Deliver Texts To Android“. Business Insider (2014-yil 16-may). Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
- ↑ Rosenblatt. „Apple Sued Over Vanishing Texts After IPhones Swapped Out“. Bloomberg L.P. (2014-yil 16-may).
- ↑ „If you can't receive text messages from an iPhone - Apple Support“. Support.apple.com (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Deregister and Turn Off iMessage - Apple Support“. Selfsolve.apple.com (1970-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr.
- ↑ Slotnick, Stacy. „Apple Avoids Class Action Lawsuit Over iMessages“. UrbanGeekz (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ Garman et al. 2016
- ↑ Nakashima, Ellen. „Johns Hopkins researchers poke a hole in Apple's encryption“. The Washington Post. Nash Holdings LLC (2016-yil 21-mart). Qaraldi: 2016-yil 21-mart.