ICar 03
iCar 03 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Chery |
Model yili | 2023 |
iCar 03 — Chery avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil. Avtomobil ilk bor Chendu avtosalonida taqdim etilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilning aprel oyida Shanxay avtosalonida Chery oʻzining yangi ICAR subbrendini va birinchi model — ICAR 03 ixcham elektr yoʻltanlamasini namoyish qilindi. Ammo koʻrgazmaga ushbu avtomobilni konseptkar sifatida olib kelishdi. Keyinchalik elektromobilning seriyali versiyasi namoyish etiladi[2].
Avtomobil logotipidagi „i“ harfi ustida Guanchjou sanʼat Akademiyasining bosh dizayneri Tsao Tsyue ishlagan. Shuningdek u 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining talismanlari muallifi hamdir[3]. Avtomobil yukxonasi juda kichik boʻlgani sababli beshinchi eshikda qoʻshimcha quti oʻrnatilgan[2].
Texnik koʻrsatkichlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobilning umumiy uzunligi 4200 mm, kengligi 1830 mm, balandligi 1700 mm va gʻildirak bazasi 2700 mm ni tashkil qiladi. Kuzovi poʻlat va alyuminiydan tayyorlangan, qoʻshimcha haq evaziga suriluvchi seksiyali panoramali tom oʻrnatib berilishi mumkin. Old va orqa podveskalari oʻzaro bir-biridan mustaqil. Gʻildiraklar oʻlchami 19 dyuymni tashkil qiladi[2].
Chery iCar 03 elektr stantsiyasi elektron boshqariladigan gʻildiraklari toʻliq tortuvchi 185 ot kuchiga ega dvigatel va CATL batareyasidan iborat. ICar 03 ning maksimal tezligi soatiga 150 km/s, batareyasining harakatlanish zaxirasi 500 km ga yetishi mumkin. Bundan tashqari, shuni taʼkidlash kerakki, avtomobil masofani oshirish uchun tomida oʻrnatilgan quyosh panellari bilan jihozlangan[1].
Interyeri
[tahrir | manbasini tahrirlash]ICar 03 Markaziy konsoli yumshoq qoplama bilan qoplangan, markazda katta ekran joylashgan, asboblar panelida tugmalar yoʻq, barcha boshqaruv ekrandan va ruldagi tugmalar yordamida amalga oshiriladi[1].
Galireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Orqa yon koʻrinishi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Внедорожник Chery iCar 03 за $20 000 с запасом хода 500 км и огромным экраном поступит в продажу уже в сентябре. Изначально он появится в Китае“. ixbt.com (2023-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Владимирский, Игорь „Показан серийный внедорожник iCar 03 компании Chery“. autoreview.ru (2023-yil 1-iyun). Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ Beijing 2022. „Bing Dwen Dwen – Beijing 2022 Winter Olympics Mascot“ (ru). YouTube (2019-yil 18-sentyabr). 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-fevral.