Hyundai Solaris
Hyundai Solaris — Janubiy Koreyaning Hyundai Motors kompaniyasida ishlab chiqarilgan kichik kompakt avtomobilidir. Hyundai Accentadapted avtomobilining mahalliylashtirilgan varianti boʻlib, Rossiya sharoitida foydalanish uchun moʻljallangan.
Rivojlanish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hyundai kompaniyasining Rossiyada Hyundai Vernaning mahalliylashtirilgan variantini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi rejalari Sankt-Peterburgdagi zavodda 2010-yil may oyida maʼlum boʻlgan[1]. Va tez orada modelning prototipi taqdim etilgan[2]. Mashinaning oʻzi esa 2010-yilning 21-sentyabrida taqdim etilgan, shu bilan birga modelning ruscha nomi Solaris paydo boʻlgan[3]. Avtomobilni ishlab chiqarish 2011-yil yanvar oyida boshlangan[4]. Birinchi avtomobillar 2011-yilning fevral oyi boshida sotuvga chiqqan[5].Oʻsha paytda bozordagi B toifali avtomobillar orasida Hyundai Solaris uchun taniqli raqobatchilar Volkswagen Polo[6] va Renault Logan Sandero boʻlgan[7][8].
Birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan. Hyundai Solaris avtomobilining sedan kuzovli varianti 2011-yil 17-yanvarda konveyerdan chiqqan[4]. Xetchbek kuzovli avtomobillarni ishlab chiqarish 2011-yilning may oyida boshlangan[9].
Birinchi avlod avtomobillari 1,4 litr hajmli va 1,6 litr hajmli dvigatellardan iborat boʻlgan. 1,4 litr dvigatelli avtomobillar 107 ot kuchiga, 1,6 litr dvigatelli avtomobillar esa 123 ot kuchiga ega boʻlgan. 1,6 litrli dvigatellar bilan jihozlangan avtomobillar katta eʼtibor talab etgan, buning natijasida 2017-yil holatiga koʻra 1,4 litr dvigatelli avtomobillardan foydalanilgan. Avtomobillar bozorining uchdan bir qismi 1,4 litrli avtomobillarga toʻgʻri kelgan.
Xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hyundai Solaris transport xavfsizligining baholashga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda avariya sinovidan oʻtmagan. Ammo, avtomobil Autoreview jurnali metodologiyasi boʻyicha ikkita va Hyundai tomonidan buyurtma qilingan bitta krash-testdan oʻtdi.
Hyundai Solarisning yangi variantini ishlab chiqarish 2014-yildan boshlangan. Rivojlanishni Hyundai Motor kompaniyasining bosh dizayn direktori Piter Shrayer oʻz nazoratiga olgan. Avtomobil prototipining resurs sinovi 2015-yilda Ladoga koʻli yaqinidagi yoʻllarda tashkil etilgan. Sinov dasturi Murmanskdan Sochigacha boʻlgan barcha iqlim sharoitlaridagi yoʻllarda 1 million km masofani bosib oʻtishni oʻz ichiga olgan. Sinovlar NAMI laboratoriyalarida ham oʻtkazilgan. 2016-yilda Sankt-Peterburgdagi zavodda transport vositalarining tajriba uchun partiyalari ishlab chiqarilgan. Seriyali ishlab chiqarish esa 2017-yil fevral oyi boshidan boshlangan. Sotuv markazlariga avtomobillarni yetkazib berish 2017-yil fevral oyi oxirida boshlangan[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „HYUNDAI VERNA СКОРО ПОЯВИТСЯ В РОССИИ“ (ru). Motor Page (2010-yil 24-may). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „Hyundai покажет автомобиль для России в августе“ (ru). За рулём (2010-yil 30-iyul). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „Hyundai раскрыла название «народного автомобиля» для России“ (ru). Motor.ru (2010-yil 21-sentyabr). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Hyundai Solaris пошел в массовое производство“ (ru). За рулём (2011-yil 17-yanvar). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „В России стартовали продажи Hyundai Solaris“ (ru). За рулём (2011-yil 9-fevral). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ Андрей Кочетов, Константин Якубов. „Hyundai Solaris и седан Volkswagen Polo: Авангард или классика?“ (ru). За рулём (2011-yil 20-iyun). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ Вадим Гагарин. „Народные избранники. Hyundai Solaris против Renault Sandero“ (ru). Авто@mail.ru (2012-yil 14-fevral). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „Hyundai Getz и i20 уйдут с российского рынка“ (ru). За рулём (2010-yil 30-noyabr). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „HYUNDAI SOLARIS ТЕПЕРЬ В КУЗОВЕ ХЭТЧБЕК“ (ru). Motor Page (2011-yil 4-may). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ Алексеева Елена. „Новый Hyundai Solaris: стартовало производство в Санкт-Петербурге“ (ru). За рулём (2017-yil 6-fevral). 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
Havolalar