Huseyn al-Husayniy
Huseyn Bey al-Husayniy | |
---|---|
arabcha: حسين الحسيني | |
Al-Husayniyning merlik davridagi portreti | |
Quddus meri | |
Mansab davri 1909 – 1917 | |
Oʻtmishdoshi | Yusuf al-Xolidiy |
Vorisi | Orif al-Dajoniy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1918 Quddus, Usmonli imperiyasi |
Kasbi | siyosatchi |
Huseyn Bey al-Husayniy (arabcha: حسين الحسيني) (1918-yilda vafot etgan) – falastinlik siyosatchi, 1909-yildan 1917-yilgacha, Usmonlilar hukmronliginng soʻnggi yillarida Quddus meri (hokim) boʻlib faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Husayniy Quddusning taniqli arab oilalaridan birida tugʻilgan. Uning otasi Salim al-Husayniy ham shahar meri boʻlib xizmat qilgan.
Al-Husayniy Quddus shahri meri boʻlgan vaqtda shahar taraqqiy etgan deyish mumkin. Husayniy yoʻllarni asfaltlash tashabbusi bilan chiqqan, bu esa koʻchalarning tozaligini taʼminlagan. Shuningdek, kanalizatsiya tarmogʻini qurilishi yoʻlga qoʻyilgan, qurilish ishlari qisman Falastindan tashqaridagi yahudiy jamoalari tomonidan moliyalashtirigan. 1914-yilning mart oyida Misrning „Al-Iqdam“ gazetasiga bergan intervyusida Husayniy sionizm haqida gapirgan. U, shuningdek, yahudiy koʻchmanchilar harakati mahalliy arab hamjamiyatiga haqiqiy xavf tugʻdiradi, deb hisoblagan. Al-Husayniy 1915-yilda tashkil etilgan Qizil Xoch va Qizil mYarim Oy Harakatining direktori boʻlib ishlagan va arab-yahudiylar harakatlarinini toʻgʻri targʻib qilgan.
Al-Husayniy „Usmonlilardan keyin“ shiori ostida musulmonlar, yahudiylar va nasroniylar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam bergan. 1917-yil 9-dekabrda general Allenbiy boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar Usmonli mudofaa askarlarini shahardan haydab chiqargach, al-Husayniy Britaniya harbiy maʼmuriyatiga Quddus shahrini rasman topshirgan[1]. Bir necha kundann keyin, taslim boʻlish toʻgʻrisidagi rasmiy farmonni imzolab, shahar darvozalarining kalitlarini Allenbiyga topshirgan. Huseyn al-Husayniy taslim boʻlganidan bir necha hafta oʻtib, 1918-yilning yanvar oyida vafot etgan. Shundan keyin hokimiyat tepasiga al-Husayniydan keyin Orif al-Dajoniy kelgan, qisqa muddatdan soʻng esa Huseynning ukasi Muso al-Husayniy Quddus meri etib tayinlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Benvenisti, Meron. City of Stone: The Hidden History of Jerusalem. University of California Press, 1998 — 118-bet. ISBN 978-0-520-91868-9.