Husayni madrasasi
Madrasa | |
Husayni madrasasi
Muhammad Yunusbiy madrasasi Muhammad Yunusbiy inoq madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Turki Jandiy MFY, Namozgoh koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Yunusbiy inoq |
Homiylar | Muhammad Yunusbiy inoq |
Asosiy sana: XVIII asrning 1-yarmi
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ayanchli ahvolga kelib qolgan |
Hujralar soni | 14 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Husayni madrasasi (Muhammad Yunusbiy madrasasi; Muhammad Yunusbiy inoq madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa 1884—1885-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Turki Jandiy guzarida, oʻzbek hukmdorlari Muzaffarxon (1860–1885) va Abdulahadxon (1885–1910) hukmronliklari davrida, Muhammad Yunusbiy ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].
Muhammad Yunusbiy Chorjoʻy bekligi hokimi va inoq vazifasida ishlagan[2][3].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2015-yilda tadqiq qilish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash va zamonaviy foydalanish uchun hozirlash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 20 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[4], hozirga qadar inshoot taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
Buxoro shahridagi Turki Jandiy MFYga qarashli Namozgoh koʻchasida joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan[3]. 14 hujradan tashkil topgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 386-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Медресе Хусайни (Мухаммад Юнус-бий)“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.