Kontent qismiga oʻtish

Hurlimon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hurlimon (1861 - Moʻynoq tumani Qozoqdaryo ovuli — 1906) — qora-qalpoq shoira-baxshisi, xalq orasida "baxshi qiz" laqabi bilan mashhur boʻlgan. Berdaqnit qizi. Adabiyot va sanʼatga yoshligidan qiziqqan. Otasidan koʻplab qoʻshiq va dostonlar oʻrgangan. Navo-iy, Mahtumquli va boshqalarning asarlarini mutolaa qilib, ularga ergashib, sheʼrlar yozgan. H. "Bozirgon", "Oshiq Nansab", "Davlatyorbek" kabi dostonlarni Xorazm vohasida kuylab yurgan. "Bet ochar", "Yor-yor" kabi marosim qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etgan. H.ning qoʻshiq va dostonlari qoraqalpoqlar va Xorazm aholisi orasida keng tarqalgan. Uning ijodi Q.Ayimbetov va Q.Maqsetov tomonidan tadqiq qilingan.